Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iqlim oʻzgarishining okeanlarga taʼsiri juda koʻp. Asosiy tas’irlardan biri okean haroratining oshishidir. Tez-tez sodir boʻladigan dengiz issiqlik oqimlari bunga misol boʻla oladi. Haroratning oshishi dengiz sathining koʻtarilishiga olib keladi. Boshqa taʼsirlarga: dengiz muzining erishi, okean suvining chuchuklashishi, okean sathi koʻtarilishi va kislorod darajasining pasayishi kiradi. Okean oqimlarining oʻzgarishiga, Atlantika okeanidagi ichki oqimlar aylanishining sekinlashuvi yana bir misol boʻla oladi[1]. Bu oʻzgarishlarning barchasi dengiz ekotizimlariga bevosita taʼsir qiladi[2]. Ushbu oʻzgarishlarning asosiy sababi — inson faoliyati davomida vujudga kelgan issiqxona gazlar boʻlib, ular iqlim oʻzgarishini yuzaga keltiradi. Karbonat angidrid va metan issiqxona gazlariga yaqqol misoldir. Bu okean isishiga olib keladi, chunki okean iqlim tizimi qoʻshimcha issiqlikning katta qismini oʻziga yutadi[3]. Okeanlar atmosferadagi qoʻshimcha karbonat angidridning bir qismini oʻziga oladi. Bu okeandagi PH qiymatining pasayishiga olib keladi. Olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, okean—insoniyat tomonidan ishlab chiqarilgan CO2 chiqindilarining taxminan 25 foizini oʻzlashtirgan[4].
Okeanning turli qatlamlarida harorat turlicha boʻladi. Havo haroratining koʻtarilishi, okean yuzasidagi haroratning ortishiga olib keladi[5]. Okean qatlamlaridagi suv yaxshi aralashmaydi, bu esa ustki qatlamdagi suvni ilishiga olib keladi. Bundan tashqari, pastki qatlamdagi sovuq suvning ustki qatlam bilan taʼsrilashuvi kamayadi. Vertikal aralashuvning kamayishi okeanning chuqur qismiga issiqlikning yetib borishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, issiqlikning katta qismining yutilishi atmosfera va quruqlik hissasiga toʻgʻri keladi. Natijada, quruqlikda tropik siklonlar va boshqa boʻronlar koʻpayishi, suvli muhitda esa okeanning yuqori qatlamlarida baliqlar uchun ozuqa moddalari kamayishiga olib keladi. Ushbu oʻzgarishlar okeanning uglerodni ham kamaytiradi[6]. Shu bilan birga, shoʻrlashishdagi tafovut ham ortadi. Okeanning boshqa qismlariga nisbatan shoʻr boʻlgan joylarida shoʻrlashish ortib boradi, chuchuk boʻlgan qismida esa chuchuklik ortadi[7].
Iliq suv va sovuq suvdagi kislorod miqdori bir xil boʻlmaydi. Natijada okeanlardagi, iliq suvdagi kislorod bugʻlanib atmosferaga oʻtadi. Bu suvdagi kislorod miqdorini yanada pasaytiradi[8]. Bunday holat dunyo boʻylab kuzatilmoqda[5].
Ushbu oʻzgarishlar dengiz ekotizimlariga zarar yetkazadi. Bu jarayon turlarning yoʻq boʻlib ketishini tezlashtirishi, turlarning tarqalishini sekinlashtiradi[9][1]. Bu baliq ovlash va turizmga ham taʼsir qiladi. Suv haroratining koʻtarilishi turli xil okean ekotizimlariga, masalan, marjon riflariga ham zarar etkazadi. Kichik harorat oʻzgarishi ham sezgir marjon riftlarining katta oʻzgarshlar sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin. Okeanning kislotalanishiga, haroratning oshishiga, shuningdek, okean ichidagi turlarning mahsuldorligi va tarqalishiga ham taʼsir qiladi, baliqchilikka boʻlgan cheklovlarni kuchaytiradi va dengiz ekotizimlarini buzadi. Iqlimni isib borishi tufayli dengiz muzining erishi, qutblarga jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu iqlim oʻzgarishi, asosan, okean iqlimiga va okean ekotizimlariga taʼsir koʻrsatadi.