Iordaniya Olimpiada oʻyinlarida
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iordaniya birinchi marta 1980-yilda Olimpia oʻyinlarida qatnashgan va oʻshandan beri har bir yozgi Olimpia oʻyinlarida qatnashish uchun sportchilarni yuborgan. Mamlakat hech qachon Qishki Olimpia oʻyinlarida ishtirok etmagan, ammo 1992-yilgi Albertvil Olimpiadasida 43 yoshli Muhammad Hadid Iordaniya uchun changʻi sportining koʻrgazmali turida qatnashgan[1].
Iordaniya, 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida ilk rasmiy medalini qoʻlga kiritdi, oʻshanda Ahmad Abughaush taekvondo boʻyicha erkaklar oʻrtasida 68 kg vazn toifasidagi turnirda oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Iordaniya, Tokio-2020 Yozgi Olimpiada oʻyinlarida taekvondo boʻyicha navbatdagi muvaffaqiyati bilan ikkinchi rasmiy medallini qoʻlga kiritdi, chunki Saleh Al-Sharabaty 80 kg vazn toifasida kumush medallni qoʻlga kiritdi.
Samer Kamal va Ehson Abu-Shayxa 1988-yilda Janubiy Koreyaning Seul shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida taekvondo boʻyicha ikkita bronza medallini qoʻlga kiritdilar. Ammo, u faqat koʻrgazmali sport sifatida joriy qilingan va shuning uchun, rasmiy medallar emas.
Iordaniya Milliy Olimpia Qoʻmitasi 1957-yilda tashkil etilgan va 1963-yilda Xalqaro Olimpia Qoʻmitasi tomonidan tan olingan.
Iordaniya, Olimpia qoʻmitasiga endi shahzoda Faysal Bin Al Husayn boshchilik qiladi.