Innocence of Muslims (inglizchadan tarjimasi: Musulmonlar begunohligi;[1] eski nomlari Innocence of Bn Laden[sic] va Desert Warrior) aksil-Islom[2] toʻliq-metrajli filmdir. Film faqat bir kinoteatrda (Hollywood, CA) bir marta namoyish etilgan.[3][4] Film qibtiy xristian Nakoula Basseley Nakoula tomonidan yaratilgan, deyilmoqda.[5][6][7][8]

14 daqiqalik film treylerlari YouTube saytiga The Real Life of Muhammad („Muhammadning haqiqiy hayoti“) va Muhammad Movie Trailer („Muhammad kino treyleri“) nomlari ostida 2012-yil iyulida yuklandi, shu treylerlarning arab tiliga oʻgirilgan versiyalari esa 2012-yil sentyabrida yuklanib,[9] misr-amerikalik blogger va xristian Morris Sadek tomonidan tarqatildi.[10] 2012-yil 8-sentyabrida YouTube videosining bir qismi Misrning avval „dinlar yoki sektalararo nafrat qoʻzgʻatgani“ tufayli yopilgan[11][12] islomparast Al-Nas TV kanalida koʻrsatildi.[13] 2012-yil 11-sentyabrida Misr va Liviyada keskin eʼtirozlar boshlandi. Bu eʼtirozlar boshqa arab va musulmon mamlakatlarga tarqaldi, AQSh elchixonalariga hujumlar uyushtirildi, natijada Qoʻshma Shtatlarning Liviyadagi elchisi Christopher Stevens va yana uch nafar amerikalik halok boʻldi.[14][15]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.