ISO 3166
davlatlar va hududiy kod standartlari / From Wikipedia, the free encyclopedia
ISO 3166 — Davlatlar va qaram hududlarning kod belgilarini belgilaydigan xalqaro ISO standarti; shuningdek, davlatlar ichidagi asosiy maʼmuriy tuzilmalar. Quyidagi qismlardan iborat:
- ISO 3166-1 — davlatlar va qaram hudud kodlari
- ISO 3166-1 alpha-2 — ikki harfli
- ISO 3166-1 alpha-3 — uch harfli
- ISO 3166-1 numeric — raqamli
- ISO 3166-2 — davlatlar ichidagi maʼmuriy tuzilmalar kodlari (viloyatlar, shtatlar, provinsiyalar va boshqalar)
- ISO 3166-3 — tugatilgan davlatlar kodlari (birlashish, bo‘linish, nom o‘zgarish va boshqalar).
Ikki harfli ISO 3166-1 alfa-2 kodlari ICANN tomonidan mamlakat kodini yuqori darajadagi domen nomlarini belgilash uchun ishlatiladi.