![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7f/IELTS_logo.svg/languz-640px-IELTS_logo.svg.png&w=640&q=50)
IELTS
From Wikipedia, the free encyclopedia
IELTS (inglizcha: International English Language Testing System) – inglizzabon mamlakatda taʼlim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi yoki amaliyot oʻtamoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovi. Test ona tili ingliz tili boʻlmagan insonlarning bu tilni qanchalik chuqur bilishlarini aniqlashga yordam beradi.
Qisqa faktlar Akronim, Nomi ...
IELTS | |
---|---|
![]() | |
Akronim | IELTS |
Nomi | International English Language Testing System |
Test topshirish uslubi | Standard imtihon, qogʻozda yoki elektron qurilma orqali. Asosan ikki turi mavjud, „Academic“ va „General Training“ va IELTS Life Skills |
Kompaniya | British Council, IDP, Cambridge Assessment English |
Til bilish qobiliyatlari | Tinglab tushunish, oʻqib tushunish, gapirish va yozish |
Maqsadi | Millati ingliz boʻlmaganlarning ingliz tili darajasini bilishini baholash |
Boshlangan yili | 1980, 43 yil avval |
Oʻtkazilish davri | Tinglab tushunish uchun taxminan 40 daqiqa (10 daqiqa javoblarni koʻchirish uchun ketadigan vaqt bilan), o'qib tushunish uchun 60 daqiqa, yozish uchun 60 daqiqa, gapirish uchun 11-14 daqiqa, jami taxminan 2 soat va 55 daqiqa |
Test olinadigan mintaqalar | 140 dan oshiq dunyo davlatlarida 1600 dan oshiq test markazlarida |
Til | ingliz |
Yillik oʻrtacha test topshiruvchilar | 2018-yil holatiga koʻra 3.5 million |
Mezon | 0-9 ball oralig'ida baholanadi, 0.5 an qoʻshilib boradi |
Toʻlov | oʻrtacha 250 AQSH dollari |
Yopish
Avstraliya, Yangi Zelandiya davlatlariga immigratsiya maqsadida hujjat topshirganlar, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Amerika, Britaniya, Irlandiya universitetlarida oʻqishni xohlaganlar IELTS testini topshirishlari kerak. IELTS imtihonining yakuniy bahosini tan oladigan dunyo universitetlari muntazam ravishda oshib bormoqda.