From Wikipedia, the free encyclopedia
Armanlar qirgʻin qilgan shahid turklar xotirasi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Ermeniler Tarafından Katledilen Şehit Türkler Anıt ve Müzesi) yoki Iğdir genotsidi yodgorligi va muzeyi (turkcha: Iğdır Soykırım Anıt-Müzesi) arman genotsidini inkor etishni targʻib qiluvchi yodgorlik-muzey majmuasidir. Yodgorlik qurilishi 1997-yil 1-avgust — 1999-yil 5-oktyabr oraligʻida Turkiyaning Iğdır shahrida qurilgan. Balandligi 43.5 metr (143 ft) boʻlib, Turkiyadagi eng baland yodgorlik hisoblanadi[1].
Davlat vaziri Ramazon Mirzaoʻgʻli yodgorlikning ochilish marosimida soʻzlagan nutqida, 1915—1920-yillar oraligʻida armanlar Iğdırda deyarli 80 ming kishini oʻldirganini aytib oʻtgan. Shuningdek, ochilish marosimida Turkiyaning oʻsha paytdagi prezidenti Süleyman Demirel ham ishtirok etgan[2][3].
Yodgorlikning maqsadi Birinchi jahon urushi hamda Turkiya — Arman urushi davrida „Iğdır viloyatida armanlar sodir etgan qirgʻin va taʼqiblarni xotirlash“, deb eʼlon qilingan[4]. Yodgorlik Birinchi jahon urushi davrida armanlar turklarni qirgʻin qilgan, degan gʻoya asosida armanlar genotsidini inkor etish uchun qurilgan[5]. Fransuz jurnalistlari Laure Marchand va Guillaume Perrier yodgorlikka „tarixni qayta yozish va qurbonlarni aybdor shaxslarga aylantirish orqali Turkiya hukumatining 1915-yilgi genotsidni inkor etish siyosatining yakuniy karikaturasi“ deya taʼrif bergan[6]. Bilgin Ayata Armenian Weeklyda yodgorlikni „tajovuzkorlik, millatchilik va ochiq dushmanlik“ deb tanqid qilgan[7]. Adolat va demokratiya uchun Yevropa arman federatsiyasi yodgorlik arman genotsidini inkor etish uchun yaratilganini eʼlon qilib, uni yopishni talab qildi[8].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.