From Wikipedia, the free encyclopedia
Xurram Sulton (usmonli turkcha: خرم سلطان, turkcha: Hürrem Sultan), Yevropada taniqli Roksolána (Tugʻilganida qoʻyilgan ismi Anastasíya yoki Aleksándra Gavrílovna Lisóvskaya; yashash davrlari XVI asrlarda — 1558) — Usmoniylar Sultoni Sulaymonning hasekilaridan biri va birinchi nikohli xotini. Sulton II Salimning onasidir. Xurram sultoning 8 ta farzandi boʻlgan.7 ta o'g'li 1 ta qizi.
Xurram Sulton | |
---|---|
Олександра/Анастасія Гаврилівна Лісовська | |
Tavalludi |
1502-yil Rogatin, Ukraina |
Vafoti |
18-aprel 1558-yil (56 yoshda) Istanbul, Usmonli imperiyasi |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Bolalari |
Shahzoda Mehmet Mehrimah Sulton Shahzoda Abdulloh Selim ll Shahzoda Boyazid Shahzoda Jahongir Shahzoda Orhan Shahzoda Usmon. |
Hürram Sulton tahminan 1502-yilda Ukrainada tugʻilgan.Tugʻilgandagi ismi Roksalana Aleksandra Anastasiya gavrionali lisovska.U tahminan 1520-yillarda oʻz yurtidan olib ketiladi va Istanbulga olib kelinadi.Aleksandra unchalik goʻzal boʻlmasada juda aqlli,xushchaqchaq,quvnoq ayol boʻlgan.Shu sababdan Sulton koʻngliga yoʻl topgan.Aleksandra Musulmon boʻladi.Sulton Sulaymon Aleksandraga Hurram ismini beradi.Shu tariqa Hurram 1521-yilda Shahzoda Mehmetni tug'adi va Hurram Sulton unvonini oladi.
Hurram Sulton Sulton Sulaymonga 7 ta oʻgʻil va 1 ta qiz farzand tugʻadi.Ammo 1 ta farzandi gʻoʻdakligida vafot etadi.Qolganlari ulgʻayib voyaga yetganidan soʻng vafot etadi.
Mehmet Hurram Sultonning 1-farzandi.Sulton Sulaymon Shahzoda Mehmetni oʻzidan keyin Sulton boʻlishini hohlagan.Ammo Shahzoda Mehmet 1543-yilda 22 yoshida chechakdan vafot etgan.
Mehrimoh Hurram Sulton va Sulton Sulaymonning eng sevimli qizidir.Unga ismni buvisi : Oysha Hafsa Sulton qoʻygan.Mehrimoh Damat Rustam Poshoga turmushga chiqqan va 2 oʻgʻil va 1 ta qiz farzand toʻgʻgan.
Abdulloh Hurram Sulton 3-farzandi.U haqida juda kam narsa ma'lum.Shahzoda Abdulloh gʻoʻdakligida kasallikdan vafot etgan.
Selim Hurram Sultonning 4-farzandi va Sulaymondan keyingi Usmonli Sultoni.U jangovovor Sulton emas edi.Selim koʻpincha ichardi.Shuning uchun ham u halqning orasida Sarhush Selim nomi bilan tanilgan.
Boyazid Hurram Sultonning 5-farzandi.U aqlli va jangovor edi.Ammo tarixda u va Mustafo faqat taxtni oʻylagani sotqinligi uchun otasi Sulton Sulaymon tomonidan qatl qilingan.
Jahongir Hurram Sultonning 6-farzandi.U yoshligida yelkasi kasal boʻlib tugʻilgan.Shu sababdan u taxt uchun kurashmagan va taxtni oʻylamagan edi.U otasi va onasining sevimli 3-farzandidan biri edi.
Orhan Hurram Sulton va Sulton Sulaymonning 7-farzandi.U haqida juda kam narsa ma'lum.Shahzoda Orhan 1562-yilda qatl qilingan yoki kasallikdan vafot etgan.
Usmon Hurram Sulton va Sulton Sulaymon ehtimol oxirgi farzandi.Shahzoda Usmon 1562-yilda qatl qilingan yoki kasallikdan vafot etgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.