Henry VIII
From Wikipedia, the free encyclopedia
Henry VIII (oʻqilishi Henri Sakkizinchi) — 1509-yil 22-apreldan otasi Henry VII ning oʻlimidan soʻng qirollikni oʻz qoʻliga olgan, ikkinchi ingliz monarxi boʻlgan Tudorlar sulolasidan hisoblanadi. Rim-katolik cherkovining roziligi bilan ingliz qirollari „Irlandiya lordlari“ deb ham atalgan, ammo 1541-yilda katolik cherkovidan chiqarib yuborilgan Henry VIII iltimosiga binoan Irlandiya parlamenti unga „Irlandiya qiroli“ unvonini bergan. Bilimli va iqtidorli Henry Yevropa absolyutizmining vakili sifatida hukmronlik qildi, hukmronligining oxiriga kelib, u haqiqiy va xayoliy siyosiy raqiblarini qattiq taʼqib qildi. Keyingi yillarida u semizlik va oyoq gangrenasidan aziyat chekdi.
Henry VIII Angliyada olib borgan islohotlari bilan mashhur; shuningdek, nasroniy dini uchun hayranatlanarli boʻlgan nikohlar soni — yaʼni, qirolning oltita xotini borligida edi, ularning ikkitasi bilan ajrashdi va ikkitasini xiyonat qilganlikda ayblab qatl qiladi. Qirol xotinlarining koʻpligi Tudorlar sulolasini mustahkamlash uchun oʻgʻil vorisning yoʻqligida edi. Henry VIII ning birinchi xotini Aragonlik Catherine bilan ajralishi qirolning katolik cherkovidan chiqarib yuborilishiga va Angliyada Anglikan cherkovi Rim-katolik cherkovidan ajralib chiqqanda bir qator cherkov islohotlariga olib keldi. Bundan tashqari, qirolning xotinlari va sevimlilarining doimiy almashinuvi va cherkov islohoti siyosiy kurashning jiddiy maydoniga aylandi va bir qator siyosiy arboblarning qatl etilishiga olib keldi, ular orasida, masalan, Tomas More ham bor edi.