![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c4/Aydar_Lake.jpg/640px-Aydar_Lake.jpg&w=640&q=50)
Haydarkoʻl
From Wikipedia, the free encyclopedia
Haydarkoʻl (Haydar koʻli va Aydar koʻli deb ham nomlanadi) — Nurota tizma togʻlarining shimoliy etagidagi koʻl. Haydarkoʻl 1960-yillar oxirida asosan Janubiy Qozogʻistonning Chordara suv omboridan oqib kelgan ortiqcha suvlar hisobidan paydo boʻlgan.
Qisqa faktlar
Haydarkoʻl | |
40°55′0″N 66°45′0″E | |
![]() | |
Haydarkoʻl 2007-yilda | |
Mamlakat | ![]() |
Dengiz sathidan balandlik | 247 m |
Yuzasi | 3 000 km² |
Hajmi | 44,3 km³ |
Shoʻrlik | 1,5-2 ‰ |
Yopish
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/de/2022-yil_Aydarko%27l.jpg/640px-2022-yil_Aydarko%27l.jpg)
Koʻl Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan. Haydarkoʻl Shimoliy qirgʻoqlari Sharqiy Qizilqumga tutashadi.
Koʻlning uzunligi 159 km, eni 26 km. 2005-yilda Haydarkoʻlda 44,3 km³ suv boʻlgan. Hozirgi kunda koʻlning hajmi taxminan 3000 km² ni tashkil qiladi.