Havoyi bo‘sa
From Wikipedia, the free encyclopedia
Havoyi boʻsa, uchar boʻsa — urf-odat va/yoki ijtimoiy imo-ishora, sevgi yoki doʻstona oʻpish shakllaridan biri boʻlib, odamning eʼtiborini yoki yengil noz-karashmasini anglatadi, odatda masofadan turib, lablar tanaga tegmasdan amalga oshiriladi[1].
9-avgust — Havoyi boʻsa kuni nishonlanadi. Shu kuni Yevropaning turli mamlakatlaridagi aksariyat yoshlar muassasalari va tashkilotlari muayyan yoʻnalishli bayram dasturi va musobaqalarni tashkil qiladi.