![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/58/Uzbek_Army_Band_in_Russia_%2528105032%2529.jpg/640px-Uzbek_Army_Band_in_Russia_%2528105032%2529.jpg&w=640&q=50)
Harbiy orkestr
From Wikipedia, the free encyclopedia
Harbiy orkestr - harbiy qism lardagi puflama sozlar orkestri. Harbiy guruhlarning tarkibi odatda kornetalar, karnaylar, baritonlar va saksafonlar kabi asboblarni o'z ichiga olgan. Kengaytirilgan holatda yogʻoch-puflama, shuningdek, valtorna, truba, trombon, bara-banlar va boshqa cholgʻular kiritiladi. Oʻrta Osiyoda oʻtmishda karnay, surnay, nogʻora, dovul va boshqalardan iborat Harbiy orkestr boʻlgan. 19-asrningʻ 2-yarmidan yevropacha turdagi Harbiy orkestr qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonda Qurolli Kuchlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlari, harbiy oʻquv yurtlari va shtablari qoshida jami 30 ga yaqin Harbiy orkestr faoliyat koʻrsatadi. Ular faoliyati (re-pertuari va boshqa masalalari)ni OʻzR mudofaa vazirligi Harbiy orkestrlar xizmati nazorat qiladi. Harbiy orkestr repertua-ridan harbiy musiqa namunalari, ayni paytda, Harbiy orkestr uchun maxsus yaratilgan turli janrdagi asarlar (uvertyura, simfoniya va boshqalar) oʻrin olgan. Harbiy orkestr uchun F. Sh. Gossek, E.Megyul, L. Kerubini, T.Berlioz, R.Vagner, N.Rimskiykorsakov, 20-asrda R.Glier, S.Vasilen-ko, N.Ivanov Radkevich, K.Xachatu-ryan, Oʻzbekistonda Vyacheslav Leysek, P.Xoli-qov, Hab. Rahimov, P. Makarov va boshqa kompozitorlar maxsus asarlar yaratishgan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/58/Uzbek_Army_Band_in_Russia_%28105032%29.jpg/640px-Uzbek_Army_Band_in_Russia_%28105032%29.jpg)