Yahyo Gʻulomov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yahyo Gʻulomovich Gʻulomov (1908.1.5 – Toshkent – 1977.10.1) – tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958), tarix fanlari doktori (1950), professor (1955). Toshkentdagi Oʻzbekiston erlar bilim yurti (inpros)ni (1926), samarqanddagi Oʻzbekiston Ped. akademiyasini (1930) tugatgan. Toshkent ped. texnikumida oʻqituvchi (1931 – 32). Ilmiy faoliyati 1933-yildan boshlangan. Oʻzbekistonning qad. va sanʼat yodgorliklarini muhofaza qilish komiteti (Uzkomstaris)da ilmiy xodim, ilmiy kotib (1933— 40). SSSR Fanlar akademiyasining Oʻzbekiston filiali, Tarix, til va adabiyot instituti arxeologiya boʻlimi mudiri (1940—43). 1943-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti qad. va oʻrta asrlar tarixi boʻlimi mudiri, ayni vaqtda institut direktori vazifasini bajaruvchi (1956— 59). Shuningdek, u Toshkent pedagogika institutida „Oʻzbekiston tarixi va arxeologiyasi“dan maxsus maʼruzalar oʻqigan, 1936-yildan bir necha arxeologik ekspeditsiyalar (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Fargʻona va b.) ga rahbarlik qilgan. 1938 – 50 yillarda xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiya boshligʻining oʻrinbosari sifatida qatnashib, Xorazmning sugʻorilish, dehqonchilik va shahar madaniyatining shakllanishi hamda rivojlanish tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan.