Guns N' Roses
From Wikipedia, the free encyclopedia
Guns Nʼ Roses (toʻpponchalar va atirgullar) — 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida mashhur boʻlgan amerikalik rock-guruh.
Guruh Geffen Records bilan 1987 yilda chiqargan Appetite for Destruction albomidan keyin katta umumjahon muvaffaqiyat qozonadi. Bu muvaffaqiyat dunyoviy turne va Use Your Illusion I, Use Your Illusion II kabi albomlar bilan mahkamlanadi. Sotilgan albomlarning umumiy tiraji 90 million nusxani tashkil etadi. Shuning uchun guruh eng muvaffaqiyatli rock-guruhlardan biri hisoblanadi.