![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ae/FoodMeat.jpg/640px-FoodMeat.jpg&w=640&q=50)
Goʻsht
From Wikipedia, the free encyclopedia
Goʻsht – qimmatli oziq-ovqat mahsuloti; soʻyilgan hayvon nimtasi yoki nimtasining bir qismi. Goʻsht inson isteʼmol qiladigan oziq-ovqatdagi oqsilning asosiy manbai hisoblanadi[1]. Goʻshtning tuzilishi va taʼmi, sifatlari hayvonlar turi, zoti, jinsi, yoshi, boqish va saqlash sharoitlariga bogʻliq. Hayvonlarning turiga qarab, mol (qoramol), qoʻy, ot goʻshti va boshqalarga ajratiladi. Qoramol, qoʻy, echki Goʻshtni sifati va semizligiga qarab birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ae/FoodMeat.jpg/640px-FoodMeat.jpg)
Odamlar tomonidan isteʼmol qilinadigan goʻshtning asosiy qismi qushxonalarda hayvonlarni soʻyish orqali ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat uchun hayvonlarning goʻshti ishlatiladi (yovvoyi katta va kichik sutemizuvchilar, sudraluvchilar, amfibiyalar va boshqalar). Dunyoning turli oshxonalarida turli hayvonlarning goʻshti ishlatiladi. Bu, asosan, zotlar va oshxona anʼanalarining mavjudligiga bogʻliq.
Goʻshtni „Sunʼiy goʻsht“ usulida yetishtirish imkoniyati koʻrib chiqilmoqda[2].