![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e4/Gillian_Apps_%25283893036232%2529.jpg/640px-Gillian_Apps_%25283893036232%2529.jpg&w=640&q=50)
Gillian Apps
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gillian Mary Apps (talaffuzi: Jillian Epps; 1983-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik xokkeychi. Kanada milliy xokkey jamoasi aʼzosi boʻlib, ketma-ket uchta Olimpiya oʻyinlarida oltin medal qoʻlga kiritgan.
Gillian Apps | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() Apps Brampton Thunderda, 2009-yil | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan joyi |
2-noyabr 1983-yil (1983-11-02) (40 yosh) North York, Ontario, Kanada | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ogʻirligi | 180 lb (82 kg; 12 st 12 lb) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | Hujumchi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ECAC CWHL |
Dartmouth (2002-07) Brampton Thunder | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Milliy jamoa |
![]() | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Jamoalardagi faoliyat | 2001—2015 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Medallari va yutuqlari
|
AQShning New Hampshire shtati Hannover shahridagi Dartmut kollejida psixologiya boʻyicha taʼlim olgan. Apps oʻz kollejining xokkey jamoasi aʼzosi sifatida ECAC ayollar xokkeyida qatnashgan. Xokkey boʻyicha Kanada ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlib, 2006-yilda Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan qishki Olimpiya oʻyinlarida, 2010-yilda Vancouverda, Britaniya Kolumbiyasida, Kanadada boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida va 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Kanada terma jamoasi bilan 2004- va 2007-yillarda xokkey boʻyicha jahon chempionatlarida oltin medal va 2005-, 2008-, 2009-, 2011- va 2013-yillarda kumush medallar sohibasi boʻlgan.