Gʻazo sektori
Falastinga qarshli oʻz-oʻzini boshqaruvchi hudud / From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻazo sektori yoki Gʻazza sektori[izoh 1] (arabcha: [qɪˈtˤɑːʕ ˈɣazza], ivritcha: רצועת עזה [retsu‘at ‘aza]) – Oʻrta Yer dengizi sohilidagi hudud, yuridik jihatdan qisman tan olingan Falastin arab davlatining ikki qismidan biri hisoblanadi (Iordan daryosining Gʻarbiy sohili bilan birga). Sektor sharqda va shimolda Isroil bilan chegaradosh boʻlib, nazorat punktlariga ega boʻlgan toʻsiqlar bilan ajratilgan. Janubi-gʻarbda quruqlik orqali Misr bilan chegaradosh boʻlib, beton devor bilan ajratilgan. Gʻazo sektorining uzunligi taxminan 40 km ga teng km, kengligi – 6 dan 12 km gacha. Umumiy maydoni – taxminan 360 km²[2]. Poytaxti – Gʻazza shahri.
Gʻazo sektori قطاع غزّة | |
---|---|
Hudud | |
Gʻazo sektorining Falastin Davlati hududida joylashuvi | |
31°27′0″N 34°24′0″E G O | |
Mamlakat | Falastin |
Hukumat | |
• Prezident | Mahmud Abbos |
Asos solingan | 1949-yil |
Maydon | 365 km2 (141 mi²) |
Rasmiy til(lar)i | Arab tili |
Aholisi (2022-yil) |
2,375,259[1] |
Zichligi | 6507 kishi/km2 |
Milliy tarkib | Falastinliklar |
Konfessiyaviy tarkib |
|
Etnoxoronim |
Gʻazolik, gʻazzalik Falastinlik |
Vaqt mintaqasi |
UTC+2 (Falastin standart vaqti) Yozda: UTC+3 (Falastin yozgi vaqti) |
Telefon kodi | +970 |
BMTning Falastinni arab va yahudiy davlatlariga boʻlish rejasiga (1947) muvofiq sektor arab davlatini yaratish uchun ajratilgan hududning bir qismi edi. BMT qaroridan keyin boshlangan 1948-1949-yillardagi arab-isroil urushi davrida Isroil davlati tashkil topib bordi, arab davlati esa tuzilmadi; sektor esa 1948-yildan 1967-yilgacha Misr nazorati ostida edi. Olti kunlik urush natijalari boʻyicha 1967-yildan 2005-yilgacha sektor Isroil nazorati ostida boʻldi. Falastin ozodlik tashkiloti va Isroil oʻrtasida imzolangan Oslo kelishuviga (1993) koʻra, Isroil vaqtincha[3] Gʻazoning havo hududini va baʼzi quruqlik chegaralarini, shuningdek, hududiy suvlarni harbiy nazorat qiladi (qolgani esa Misr nazorati ostida boʻladi). Oslo kelishuvlari natijasida Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi baza negizida Falastin Milliy Maʼmuriyati (FMM) tashkil etilgan.
2005-yil avgust oyida „ Bir tomonlama ajralish rejasi“ni amalga oshirish davomida Isroil sektordan qoʻshinlarini olib chiqib, oʻzining aholi punktlarini yoʻq qildi.
2007-yil iyul oyida islomiy HAMAS tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan toʻntarish natijasida FMMning davlat muassasalar, xavfsizlik kuchlari, keyinchalik esa butun sektor ham HAMAS nazoratiga oʻtdi.
Hududga 15 kishidan iborat Majlis-ash-Shoro boshchilik qiladi.
Gʻazo sektori aholisining uchdan ikki qismidan koʻprogʻini 1947-1949-yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroilni tark etgan qochqinlar[4] va ularning avlodlari tashkil etadi. 2014-yildagi rasmiy hisob-kitoblarga koʻra, Gʻazo sektorida 1,76 mln dan koʻproq kishi istiqomat qiladi[5], AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil iyul oyi uchun Gʻazo sektori aholisi – 1 918 221 kishi[2]. Aholi zichligi mos ravishda 4890 dan 5328 odam/km².