Gʻani Valiyev
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻani Valiyev (1924-yil 17-iyul — 1998-yil 26-mart) — 66-polkining miltiqchilar rotasi piyoda razvedkasi vzvod komandirining yordamchisi, brigadir, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Shuhrat ordeni (SSSR), Vatan urushi ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Jasurlik uchun medali, Stalingrad mudofaasi uchun medali, Kavkaz mudofaasi uchun medali va Berlinni ozod qilganlik uchun medallari sohibi. SSSR Ichki ishlar vazirligining Toshkent maktabida tahsil olgan. 1942-yildan komsomol aʼzosi. 1945-yildan KPSS aʼzosi. Namangan viloyati urush va mehnat faxriylari kengashi sobiq raisi. Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi xoʻjalik boʻlimi sobiq boshligʻi[1][2].
Gʻani Valiyev | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
17-iyul 1924-yil Namangan viloyatining Qurmoq qishlogʻida |
Vafoti |
26-mart 1998-yil(1998-03-26) (73 yoshda) ![]() |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Xizmatdagi yillari | 1942—1946 |
Harbiy qism | 66-oʻqchi polki (61-oʻqchilar diviziyasi), 28-armiya (SSSR) 1-Ukraina fronti |
Qoʻmondonlik qilgan | 66-polkining miltiqchilar rotasi piyoda razvedkasi vzvod komandirining yordamchisi |
Jang/urush |
Nikopol-Krivoy Rog jangi (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya jangi (1944 -yil mart), Odessa jangi(1944-yil mart-aprel), Gumbinnen-Goldap operatsiyasi (1944-yil oktyabr), Sharqiy Prussiya (1945-yil yanvar-mart) Berlin hujum operatsiyasi (1945-yil aprel-may). |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Isteʼfoda | Namangan viloyat ijroiya qoʻmitasi xoʻjalik boʻlimi boshligʻi |
Gʻani Valiyev Ikkinchi jahon urushi vaqtida bir qancha hujum operatsiyalarida qatnashgan, jumladan: Nikopol-Krivoy Rog jangi (1944-yil yanvar-fevral), Bereznegovato-Snigirevskaya jangi (1944 -yil mart), Odessa jangi (1944-yil mart-aprel), Gumbinnen-Goldap operatsiyasi (1944-yil oktyabr), Sharqiy Prussiya (1945-yil yanvar-mart) Berlin hujum operatsiyasi (1945-yil aprel-may)[3].