Futbol boʻyicha 2014-yilgi Turkiya kubogi finali
From Wikipedia, the free encyclopedia
2014-yilgi Turkiya kubogi finali – 2014-yilning 7-may kuni Koʻniya Otaturk stadionida Galatasaroy va Eskişehirspor jamoalari 2013—2014-yilgi Turkiya kubogida gʻalaba qozonish uchun bahslashgan Turkiya Kubogining 52-final oʻyini edi. Galatasaroy Wesley Sneijderning 70-daqiqada urgan goli bilan hisobni ochdi va oʻyin oxiriga qadar saqlab qoldi. Natijada jamoa oʻz tarixida 15-marta Turkiya kubogining gʻolibiga aylandi. Sariq-qirmizilar Turkiya kubogida gʻalaba qozongan jamoa sifatida shu yilda Turkiya oliy ligasida gʻolib boʻlgan Fenerbahche jamoasi bilan Turkiya superkubogi uchun maydonga tushdilar.
| |||||||
Sana | 7-may, 2014-yil(2014-05-07) | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Maydon | Koʻniya Otaturk stadioni, Koʻniya | ||||||
Oʻyin qahramoni | Wesley Sneijder | ||||||
Hakam | Hüseyin Göçek | ||||||
Tomoshabinlar | 22,456 | ||||||
Ob-havo | Qisman bulutli (13,6 °C)[1] | ||||||
← 2013 2015 → |
Soʻnggi marta Turkiya kubogini 2005-yilda qoʻlga kiritgan Galatasaroy, bu chempionlik kubogini 9 yil oʻzi bilan muzeyda saqladi. Galatasaroy jamoasining texnik direktori boʻlgan Roberto Mancini ilk bor jamoa bilan kubogni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Fiorentina, Latsio, Internazionale va Manchester City jamoalari bilan mamlakat kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan italiyalik murabbiy shu tariqa oʻz faoliyati davomida ishlagan barcha klub jamoalari bilan mamlakat kubogi chempionligini yutdi.