From Wikipedia, the free encyclopedia
Fusajirō Yamauchi (yaponcha:山内 房治郎[1][2]) – yaponiyalik tadbirkor, Nintendo kompaniyasining asoschisi.
Fusajiro 1868-yil 22-noyabrda dunyoga kelgan. U hunarmand Sôsuke Fukuining toʻngʻich oʻgʻli edi[3]. Otasi sement ishlab chiqaruvchi Xaygan nomli kompaniya egasining qizlaridan biriga uylangan va Yamauchi familiyasini meros qilib olgan. Yamauchi oilasida merosxoʻr oʻgʻil farzand boʻlmagani sababli 1885-yilda 17 yoshli Fusajiro kompaniyani meros qilib olgan va uning nomini Haikyo deb oʻzgartirgan[3]
Meydzi islohoti natijasida 1885-yilda qimor oʻyinlari toʻgʻrisidagi qonunlar qayta koʻrib chiqildi va Xanafuda kartalari ishlab chiqarish va sotishga ruxsat berildi[4]. Kiotoda koʻplab sement sotadigan doʻkonlar tarmogʻini yoʻlga qoʻygandan soʻng Fusajiro Xanafuda kartalari sotish koʻpayib ketgani va ushbu oʻyinga oʻzi ham qiziqishi hisobiga hunarmand sifatidagi oʻz mahoratidan foydalanib Xanafuda kartalari ishlab chiqaruvchi korxonaga asos soldi[3].
1889-yil 23-sentyabrda Fusajiro Yamauchi oʻzi sotib olgan eski va hech kim yashamaydigan uyda Yamauchi Fusajirô Shôten yoki boshqacha nom bilan aytganda Yamauchi Nintendoga asos solgan[5]. Fusajiro Xanafuda kartalarini tut poʻstlogʻi, loy va oʻzi yaratgan yogʻoch blokli bosma mashinasi yordamida ishlab chiqara boshlagan[6]. Nintendo tomonidan sotilgan oʻyin kartalari unga tushurilgan Napoleon tasviri tufayli taniqli boʻlgan va bir necha yil ichida juda katta muvaffaqiyatga erishgan[5][7][8].
Oʻgʻil farzandi boʻlmagan Fusajiro 1905-yilda Nintendoda asrning boshida ish boshlagan xodim Sekiryo Kanedani oʻz kuyovi qilgan va ikki qizidan biri Teini unga nikohlab bergan[9]. Keyingi 10 yil davomida Sekiryo Nintendo va Haikyo kompaniyalarini qaynotasi bilan birgalikda, 1929-yilda Fusajiro isteʼfoga chiqqanidan soʻng esa oʻzi yakka boshqara boshlagan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.