Foydalanuvchi:Xumoyun Ergashev/Iroq urushi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iroq urushi 2003-yil 20-martda Amerika Qoʻshma Shtatlari va Birlashgan Qirollik boshchiligida tuzilgan Koʻp millatli koalitsiya kuchlari Iroqqa bostirib kirishi bilan boshlangan urushdir[25] [26]. Bu urush koalitsiya davlatlari tomonidan Ikkinchi Fors ko'rfazi urushi, Iroqqa hujum [27] va Iroq erkinligi operatsiyasi [28] deb ham ataladi. 2011-yil 21-oktabrda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatdagi AQSh qo‘shinlari 2011-yil 31-dekabrgacha olib chiqilishini e’lon qildi. [29] Urush rasman 2011-yil 15-dekabrda Bag‘doddagi AQSh bazasida oxirgi Amerika bayrog‘ining tushirilishi bilan yakunlandi[30]. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri urushni jiddiy xato deb ta'kidladi[31].
Iroq urushi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Chapdan o'ngga: AQSh 1-dengiz piyoda polkining dengiz piyodalari iroqlik harbiy asirlarni kuzatib bormoqda; qum bo'ronidagi AQSh harbiy mashinalari karvoni; AQSh askarlari Samavadagi dushman binosi yonayotganini kuzatmoqda ; Iroq aholisi Saddam Husayn haykali ag'darilganidan xursandchilik bilan qarshi olmoqda. | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Koalitsiya:
Iroq Kurdistoni
Iroq Milliy Kongressi[4] Qo'llab-quvvatlangan: Italiya Daniya Niderlandiya Ispaniya |
Iroq
Eron mujohidlari[7] Byara Islom amirligi | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
George W. Bush Dick Cheney Donald Rumsfeld Tommy Franks Tony Blair Brian Burridge John Howard Peter Cosgrove Aleksander Kwaśniewski Masoud Barzani Babakir Zebari Jalal Talabani Kosrat Rasul Ali Ahmed Chalabi |
Saddom Husayn Qusay Hussein † Uday Hussein † Abid Hamid Mahmud Ali Hassan al-Majid Barzan Ibrahim al-Tikriti Izzat Ibrahim al-Douri Ra'ad al-Hamdani Taha Yassin Ramadan Tariq Aziz Massoud Rajavi Maryam Rajavi Abu Abdullah al-Shafi'i Ali Bapir | ||||||
Kuchlar | |||||||
466,985 askar[10] 45,000 askar 2,000 askar 194 elita askarlari[11] 70,000 askar[12] 620 askar Jami: 309,814 askar |
Iroq Qurolli Kuchlari: 538,000 askar 650,000 zaxiradagi askar[13][14] 2,000 tanklar 3,700 BTRlar and BMPlar 2,300 artilleriya 300 jangovar samalyotlar[15] Respeblika maxsus gvardiyasi (RMG): 12,000 Respublika Gvardiyasi (RG): 70,000–75,000 askar Fedayeen Saddam guruhi: 30,000 jangari Arab ko'ngillilari: 6,000 jangari[16] Jami: 1,306,000-1,311,000 askar umumiy 800 jangari[17] | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
Umumiy: 196+ halok bo'lgan, 551+ yaralangan |
Umumiy: 7,600–45,000 halok bo'lgan
Iroq fuqarolarining taxminiy qurbonlari: |
Urushdan oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taftish Komissiyasiga AQSh va Britaniya hukumatlari tomonidan Iroqda ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqilayotgani[32] va bu qurollar ko'plab koalitsiya mamlakatlari, xususan, AQSh xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani haqida ma'lumot berilgan[33] [34], Ko'rfaz urushidan soʻng, AQSh-Iroq tadqiqot guruhlari Iroq 1991-yilda ommaviy qirgʻin qurollari dasturini tugatganini[35], ammo embargo bekor qilinmasa[36], uni qayta faollashtirishi mumkinligini taʼkidladi. [37] Polsha qurolli kuchlari va Amerika Qo'shma Shtatlari armiyasi Iroqda ommaviy qirg'in va kimyoviy qurollarni topdi[38] [39] [40]. Ba'zi amerikalik rasmiylar Saddam Husaynni Al-Qoidani qo'llab-quvvatlaganlik va panoh berganlikda aybladi[41], ammo bu ayblovlar hech qachon isbotlanmagan[42] [43]. Mish-mishlarga ko'ra, o'sha paytdagi AQSh prezidenti Jorj Bush Falastinlik amaldorga Xudo uni Saddamni ag'darish va Iroqni zulmdan qutqarish uchun ilhomlantirganini aytgan. Bosqinning boshqa sabablari Iroqning Falastinlik xudkush-terrorchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi,[44] Iroq hukumatining inson huquqlarini suiiste’mol qilishi[45] hamda mamlakat va mintaqada demokratiyaga xavf solishi[46] edi. Ba'zi rasmiylar, Iroqning neft zaxiralari bosqin qarorida eng muhim omil ekanini ta'kidlagan[46] [47], lekin bularAmerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan rad etilgan[48] [49].
Iroqning muntazam armiyasi bosqin boshlanganidan ko‘p o‘tmay mag‘lubiyatga uchradi va natijada Saddam Husayn qo‘lga olinib, qatl etildi. AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Iroqda yangi demokratiya qurishga kirishdi. Ayrim mazhablar va boshqa turli qurolli guruhlardan iborat isyonchilar va koalitsiya kuchlari o'rtasida assimetrik urush boshlandi, shia va sunniy guruhlar o'rtasida muammolar yuzaga keldi va Iroqda Al-Qoida xurujlari boshlandi[50] [51]. 2007-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Iroqda taxminan 1.000.000 tinch aholi halok boʻlgan[52]. UNHCR 2008-yil aprel oyidagi ma'lumotlarga ko'ra, 4,7 million iroqlik (Iroq aholisining 16 foizi) o'z uyini tark etgan, shundan ikki millioni qo'shni mamlakatlardan boshpana topgan[53] 2008-yil mart oyida Qizil Xoch Iroqdagi gumanitar vaziyatni "jahondagi eng og'ir" darajada ekanligini ma'lum qildi. 2008-yil iyun oyida AQSh mudofaa rasmiylari xavfsizlik va iqtisodiy ko'rsatkichlarda yaxshilanish belgilari borligini e'lon qilishdi. 2008-yil avgust oyida Iroq va AQSh o'rtasida SOFA bitimi ishlab chiqildi. Bu kelishuvda AQSh 5 yil ichida Iroqdan butunlay chiqib ketishi va xavfsizlikni Iroq ma'muriyatiga topshirishi aytilgan edi. 2008-yil oxirida SOFA kuchga kirdi. Bu kelishuvga koʻra, 2009-yil 30-iyunda[54] AQSh askarlari oʻz jangovar kuchlarini Iroq shahar markazlaridan olib chiqib ketishdi va 30-iyun Iroqda dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Biroq kelishuv doirasida 2009-yilning o‘rtalarida xalq referendumi o‘tkazildi. Bu kelishuv turli Iroq guruhlari tomonidan norozilik bilan qabul qilingan. Oyatulloh Ali Husayn as-Sistoniyning aytishicha, kelishuv xorijiy ishtirokni to'xtatishi kerak. Iroq parlamenti va AQSh o'rtasida Strategik asos kelishuvi imzolandi. Ushbu shartnoma, mamlakat ichidagi etnik guruhlar va siyosiy birliklar huquqlarini ta'minlash, talabalar almashinuvi; ta'lim, energetika sohalarini rivojlantirish, atrof-muhitni tozalash, sog'liqni saqlash, axborot texnologiyalari, aloqa va huquqni muhofaza qilish sohalarni qamrab oldi.