Foydalanuvchi:Wonmirzo/qumloq
From Wikipedia, the free encyclopedia
Google Docs - Google tomonidan taqdim etilgan bepul, vebga asoslangan, Google Sheets, Google Slides, Google Drawings, Google Forms, Google Sites va Google Keep`ni ham o'z ichiga oluvchi Google Docs Editors to'plamining bir qismi sifatida kiritilgan onlayn matn protsessori hisoblanadi. Google Docs`dan brauzer orqali veb-ilova sifatida yoki Android va iOS`da mobil ilova sifatida va Google ChromeOS`da kompyuter ilovasi sifatida foydalanish mumkin.
Google Docs | |
Ishlab chiquvchi | |
---|---|
Chiqarilgan sana | 9-mart, 2006-yil (18 yil avval) (2006-03-09) |
Operatsion tizim | Android, iOS, ChromeOS |
Platforma | Veb-ilova |
Janr |
|
Vebsayt: | google.com/docs |
Google Docs foydalanuvchilarga real vaqt rejimida boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlik qilgan holda hujjatlarni onlayn yaratish va tahrirlash imkonini beradi. Tahrirlar tahrirchi tomonidan oʻzgarishlarni koʻrsatuvchi tahrirlar tarixi oqali kuzatiladi[1]. Tahrir qiluvchining oʻrni muharrirga xos rang va kursor bilan belgilanadi va ruxsatlar tizimi foydalanuvchilar nima qilishi mumkinligini tartibga soladi. Yangilanishlar mashina oʻrganuvidan foydalanadigan hujjat mazmuni asosida qidiruv natijalarini taklif qiluvchi “Oʻrganib chiqish” va “Amallar elementlari”ni taqdim etuvchi xususiyatlarni o'z ichiga oladi va bu foydalanuvchilarga boshqa foydalanuvchilarga vazifalar belgilash imkonini beradi[2].
Google Docs hujjatlarni standart OpenDocument formatida, Rich text formatida, oddiy Unicode matnida, ziplangan HTML va Microsoft Wordda ochish va saqlashni qo‘llab-quvvatlaydi. PDF va EPUB formatlariga eksport qilish funksiyasi keyinchalik qo'shildi.