Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Faxriy unvon — Oʻzbekiston Respublikasi da fuqarolarning alohida xizmatlarini yuksak eʼtirof etish shakllaridan biri. Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ularni ragbatlantirish maqsadida beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va Faxriy unvonlarini Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti beradi.