From Wikipedia, the free encyclopedia
Fatih Karagumruk (turkcha: Fatih Karagümrük SK) — Istanbulning Fotih tumanidagi Karagumruk kvartalidagi Turkiyaning professional futbol klubi boʻlib, hozirda Turkiya futbol ligalari tizimidagi eng oliy — Turkiya Superligasida oʻynaydi. Jamoa oʻz uy uchrashuvlarini qariyb 77 000 tomoshabinga moʻljallangan „Olimpiya“ stadionida oʻtkazadi.
Fatih Karagümrük | ||||
Toʻliq nomi | Fatih Karagümrük Sportif Faaliyetler San. Tic. A.Ş. | |||
Laqabi | Qora-qizilar (Kara Kırmızı) Fotih avlodlari (Fatih'in Torunları) | |||
Asos solingan | 1926 | |||
Stadion | Otaturk Olimpiya Stadioni, Istanbul | |||
Stadion hajmi | 75,145[1] | |||
Egasi | Süleyman Hurma | |||
Prezidenti | Süleyman Hurma | |||
Murabbiyi | Andrea Pirlo | |||
Vebsayt | karagumruk.com | |||
Musobaqasi | Süper Lig | |||
---|---|---|---|---|
20 dan 8-oʻrin | ||||
|
Klub 1926-yilning bahorida Muxtar Beyning saʼy-harakatlari va "Acıçeşme Gençleri" va "Karagümrük Gençleri" yoshlar jamoalarining birlashishi tufayli tashkil etilgan. Shu bilan birga, olov va tutunni anglatuvchi qizil-qora ranglar ham tanlangan. Fatih Karagumruk 1942-yilgacha Turkiya ligalarida oʻynagan, keyin esa Maorif vaziri Hasan Ali Yucel tashabbusi bilan Eminonu hududida joylashgan Vefa sport klubidagi maydondan mahrum boʻlgan. Fatih Karagumruk 1946-yilgacha faoliyat koʻrsatmadi.
1946-yil 14-iyulda qizil-qoralar oʻz faoliyatini „Karagumruk Genchlik“ (turkcha: Karagümrük Gençlik Kulübü) nomi bilan davom ettirgan. Klub 1959-yilda tashkil etilgan birinchi Turkiya professional chempionatida ishtirok etdi. Jamoa Turkiyaning asosiy ligasida yana toʻrt yil oʻynadi va 1962/1963-yilgi mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketdi. 2019/20-yilgi mavsumda klub 1983/1984-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Oliy ligaga qaytdi[2] va jadvalda 5-oʻrinni egalladi, shuningdek, keyinchalik pley-off gʻolibiga aylandi.
Fatih Karagumrukning eng prinsipial raqibi qoʻshni Istanbul viloyatidan boʻlgan „Kasimpasha“dir.
Turkiya Super Ligasi: 1958-63, 1983-84, 2020-hozirgacha
TFF Birinchi Ligasi: 1963-69, 1980-83, 1984-88, 1989-92, 2004-05, 2019-20
TFF Ikkinchi Ligasi: 1969-80, 1988-89, 1992-97, 2000-01, 2002-04, 2005-08, 2014-19
TFF Uchinchi Ligasi: 2001-02, 2008-09, 2012-14
Turkiya Mintaqaviy Havaskorlar Ligasi: 2010-12
Havaskor Futbol Ligalari: 1997-2000, 2009-10
|
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.