From Wikipedia, the free encyclopedia
Farruh Karimovich Zokirov (16-aprel 1946-yil) – taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari. Farruh Zokirov bir vaqtning oʻzida 7 davlatning Xalq artisti va Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi. 2002-yilning mayidan to 2004-yilning iyuligacha Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[1].
Farruh Zokirov | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
16-aprel 1946-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Guruh | Yalla |
Janr | Folk-rock, pop |
Amplua | Qoʻshiqchi, bastakor, aktyor |
Faoliyat yillari | 1969-bugun |
Mukofotlari | Andoza:Dostik ordeni |
Farruh Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan[2]. Uning otasi Oʻzbekiston SSR xalq artisti Karim Zokirov – opera qoʻshiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi ham milliy qoʻshiqlarni ijro etuvchi qoʻshiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri salisti boʻlgan. Farruhning ota-onasi Moskva konservatoriyasida tahsil olib yurishganlarida turmush qurishgan[2]. Oilada oltita farzand, beshtasi oʻgʻil: Botir, Naufal, Jamshid, Farruh, Ravshan va bir qiz: Luiza Zokirovalar dunyoga kelishgan. Ushbu bolalar umumiy olganda mehmondoʻst oilada voyaga yetishgan. U davrlarda Zokirovlar xonadoniga oʻsha vaqtning taniqli saʼnat arboblari tez-tez tashrif buyurib turishgan. Ushbu holat bolalarda yoshliklaridan sanʼatga mehr erta uygʻonishiga katta turtki boʻlgan va bu voqea Toshkentda musiqa va teatr sohasida yetakchi Zokirovlar sulolasi vujudga kelishiga ham sabab boʻlgan.
Farruh Zokirov 1969-yilda Toshkent davlat konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetini tamomlagan.
Oʻsha yili ukasi Ravshan bilan birga Toshkent teatr va rassomlik instituti (TTTI) talabalari tomonidan tuzilgan „TTHI“ havaskor vokal-cholgʻu ansambliga (VIA) aʼzo boʻlib, 1970-yildan boshlab VIA „Yalla“ nomi bilan mashhur boʻlgan.
1976-yilda Farruh Zokirov sovet va oʻzbek vokal-instrumental „Yalla“ ansamblining badiiy rahbari boʻlgan, uning rahbarligida VIA xalq eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Ansambl hali ham dunyoning koʻplab mamlakatlarida: Rossiya, Qozog'iston, Gruziya, Amerika, Isroil va Ukraina gastrollarida juda mashhur.
Birinchi turmush oʻrtogʻi Nargiz Bayxonova (1949 – 2017-yil 23-aprel), „Yalla“ oʻzbek vokal va cholgʻu ansambli solisti (1974–1983).
Oʻgʻli Said Zokirov. Angliya va AQShda xalqaro huquq boʻyicha tahsil olgan. Tadbirkorlik bilan dastlab Oʻzbekistonda, hozirda esa Moskvada shugʻullanadi.
Ikkinchi turmush oʻrtogʻi – Anna (1967-yilda tugʻilgan), millati rus. Ular 1986-yilda tanishgan va 1986-yilda oila qurishgan.
Asrab olingan oʻgʻil – Mixail (1985-yilda tugʻilgan), Annaning oʻgʻli. U ham AQShda oʻqigan, sugʻurta kompaniyasida ishlagan va Los-Anjelesda biznes bilan shugʻullangan.
Yil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1978 | Toʻylar muborak (film) | Oʻzi | Kameo |
1980 | Kakie nashi godi! | Oʻzi | Kameo |
1989 | Tangalik bolalar | Oʻzi | Kameo |
2000 | Alpomish | ||
2003 | Taqdir | Davlat Zokirov | |
Munis onam | Oʻzi | Kameo | |
200… | Maysara – super yulduz (Maysara – Super Zvezda) | myuzikl | |
1991-yilning yozida SSSR Xalq artisti mukofotiga hujjat topshiradi, lekin shu yilning avgust oyida Moskvadagi qayta qurishga nisbatan uyushtirilgan noroziliklar tufayli bu mukofot Farruh Zokirovga berilishi ohirigacha koʻrib chiqilmagan. Shuningdek:
Vikiomborda Farrux Zokirov haqida turkum mavjud |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.