Etologiya (yun. — urf-odat, xulq-atvor, xattiharakat va ... logiya) — biol. ning bir boʻlimi. Hayvonlar xattiharakatini tabiiy yashash sharoitida oʻrganadi. "E." terminini belgiyalik olim L.Dollo taklif etgan (1904); lekin E. mustaqil fan sifatida 20-asrning 30-yillarida shakllana boshladi. E.da: xattiharakatning irsiylanadigan shakli — ishrtsiz reflekslar, yaʼni instinktlgrii, hayvonlarni oʻrganish qonuniyatlari, hayvonlarning ekstrapolyatsion xattiharakatini oʻrganish kabi yoʻnalishlar mavjud.

Tuban tuzilgan hayvonlarda tugʻma xulq-atvor ustunlik qiladi. Yuksak tuzilgan hayvonlarning etologik reaksiyalari irsiylanadigan hamda yashash muhiti taʼsirida hayot davomida hosil boʻladigan xulq-atvorlar ishtirokida shakllanadi. E. dalillaridan chorvachilikning ayrim sohalari, baliqchilik xoʻjaligi, tibbiyot, kibernetika va boshqalarda foydalaniladi. E. sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal etishda muhim ax.amiyatga ega.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.