From Wikipedia, the free encyclopedia
Esperança Gicaso (1992-yil 2-iyulda tugʻilgan) — Angolalik paraatletika boʻyicha sportchi. U 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Angolaning bayroqdori boʻlib maydonga chiqqan. Gicaso koʻzi ojiz sportchilar uchun T11 tasnifida sport musobaqalarida ishtirok etadi[1].
Gicaso sport musobaqasida ishtirok etish uchun mashgʻulotlarini 2008-yilda boshlagan[1]. 2011-yilda u Mozambikning Maputu shahrida boʻlib oʻtgan Afrika oʻyinlarida 100 metrga yugurish boʻyicha T11 musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2]. U 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metrga T11 va 200 metrga T11 hamda 400 metrga T12 yugurish musobaqalarida qatnashgan. Gicaso musobaqaning final bahsigacha yetib bora olmagan[1].
2013-yilda Fransiyaning Lion shahrida boʻlib oʻtgan IPC yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Gicaso T11 yoʻnalishida 200 metrga yugurish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan[1]. 2015-yilda Kongo Respublikasining Brazzavil shahrida boʻlib oʻtgan Afrika oʻyinlarida u T11 yoʻnalishida 100 metrga yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan[3][4].
Gicaso Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Angolaning bayroqdori sifatida maydonga tushgan[1]. U 100 metr, 200 metr va 400 metrga T11 yoʻnalish musobaqalarida qatnashgan[1].
2017-yilda Londonda boʻlib oʻtgan paraatletika boʻyicha jahon chempionatida Gicaso 100 metrga T11 yoʻnalishi boʻyicha[5] yugurishda kumush medal va 200 metrga T11 yoʻanlish boʻyicha yugurishda bronza medalini qoʻlga kiritgan[6]. U Angola Olimpiya sportchilari assotsiatsiyasi tomonidan 2017-yilning eng qimmat sportchisi deb topilgan[1].
Gicaso Angolaning Maianga shahrida yashaydi. U Luandadagi maktabda portugal tilidan dars beradi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.