From Wikipedia, the free encyclopedia
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi (FIFA tomonidan Eron IR nomi ostida tan olingan) butun dunyo boʻylab xalqaro ayollar futbolida Eron sharafini himoya qiladi. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi faoliyati Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI) tomonidan nazorat qilinadi. Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI)ning ayollar futboli boʻyicha mas’ul xodimi Seyyide Shohreh Musaviy hisoblanadi.
Eronning birinchi ayollar terma jamoasi Toj Tehron futbol klubi tomonidan tashkil etilgan[1][2][3]. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uzoq tarixga ega, xususan, Perspolis FC ayollar terma jamoasi (Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining dastlabki koʻrinishi) 1976-yilda tashkil topgan[4][5]. 2005-yilda qayta tiklangan Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2005-yil sentyabr va oktyabr oylarida Iordaniyaning Amman shahrida boʻlib oʻtgan Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasi ayollar chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2007 va 2011-yillarda Gʻarbiy Osiyo Futbol Federatsiyasining ayollar oʻrtasidagi chempionatida yana ikkinchi oʻrinni egalladi[6].
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2011-yilda hijob kiygani uchun FIFA tomonidan qisqa muddatga xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan edi. Bu Eronning 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma olish huquqidan mahrum boʻlishiga sabab boʻldi[7][8]. Taqiq 2012-yilda bekor qilingan[9].
2015-yilda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining sakkiz nafar oʻyinchisi jinsini oʻzgartirish operatsiyalarini kutayotgan erkaklar ekanligi haqida xabarlar bor edi[10][11].
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi 2022-yilda Hindistonda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichida Iordaniya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ilk bor qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi[12]. Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ushbu turnirdagi tarixiy debyutida Eron Hindiston terma jamoasi bilan golsiz durang oʻynadi. Keyingi oʻyinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy va Xitoy Taypeyiga 0:7 va 0:5 hisobida yutqazib qo‘ydi va eng yomon uchinchi oʻrinni egallagan jamoa sifatida turnirdan chiqarib yuborildi.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi „Melli Baanovaan team (Xonimlar milliy jamoasi)“ nomi bilan tanilgan.
Quyidagi jadvalda futbol boʻyicha Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi uchun sport formalarini yetkazib beruvchi tashkilotlar tarixi koʻrsatilgan.
Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini „ Ararat“ stadionida oʻtkazadi.
2018-yilning 9-noyabr kuni Xalqaro Futbol Federatsiyasi FIFA bosh kotibi Fatma Samura Eron hukumatidan ayollarning sport stadionlariga kirishini taqiqlashni bekor qilishni so‘rashini aytdi[13].
2019-yil sentabr oyida eronlik „ko‘k qiz“ nomini olgan ayollar futboli yulduzi Sahar Hodayari oʻzining sobiq jamoasi oʻyinini tomosha qilish uchun stadionga futbolni tomosha qilishga uringani uchun ikki-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini bilgach, Tehrondagi sud oldida o‘zini yondirib vafot etgani xabar qilingandi[14].
Statistika maʼlumotlari 2022-yil 22-iyul sanasi holatiga koʻra berilgan. Quyida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
Raqib terma jamoalar | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | Konfederatsiyasi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Bahrayn | 2 | 2 | 0 | 0 | 9 | 0 | +9 | AFC |
Bangladesh | 2 | 2 | 0 | 0 | 12 | 0 | +12 | AFC |
Belarus | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 9 | −8 | UEFA |
Xitoy | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | −7 | AFC |
Xitoy Taypeyi | 4 | 1 | 0 | 3 | 4 | 12 | −8 | AFC |
Gonkong | 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 1 | 0 | AFC |
Hindiston | 4 | 1 | 1 | 2 | 5 | 5 | 0 | AFC |
Iordaniya | 10 | 5 | 2 | 3 | 16 | 15 | +1 | AFC |
Qirgʻiziston | 1 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | +1 | AFC |
Laos | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 1 | +4 | AFC |
Livan | 3 | 3 | 0 | 0 | 19 | 1 | +18 | AFC |
Myanma | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 6 | −5 | AFC |
Nepal | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 3 | −3 | AFC |
Falastin | 3 | 3 | 0 | 0 | 20 | 0 | +20 | AFC |
Filippin | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 8 | −8 | AFC |
Singapur | 1 | 1 | 0 | 0 | 6 | 0 | +6 | AFC |
Suriya | 4 | 4 | 0 | 0 | 34 | 1 | +33 | AFC |
Tailand | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 16 | −14 | AFC |
Tojikiston | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 0 | +5 | AFC |
Turkmaniston | 1 | 1 | 0 | 0 | 4 | 0 | +4 | AFC |
Birlashgan Arab Amirliklari | 2 | 1 | 1 | 0 | 6 | 3 | +3 | AFC |
Ukraina | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 | 2 | −2 | UEFA |
Oʻzbekiston | 8 | 0 | 2 | 6 | 2 | 17 | −15 | AFC |
Vyetnam | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 13 | −11 | AFC |
Jami | 65 | 27 | 7 | 31 | 156 | 120 | +36 |
Lavozimi | Ismi | Man |
---|---|---|
Bosh murabbiy | Anna Signeul | [16] |
Yordamchi murabbiy | Kelly Lindsey | |
Texnik menejer | Nosrat Irandoost | |
Nazoratchi | Fotima Alipour |
Quyidagi 22 nafar futbolchi 2022-yil 12-yanvarda bo‘lib o‘tadigan AFC ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan edi[19].
Raqami | Pozitsiyasi | Futbolchi | Tavalludi (yoshi) | Oʻtkazgan oʻyinlar | Gollar | Klubi |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Darvozabon | Zohreh Koudaei | 24-noyabr, 1989 | 30 | 0 | Zobahan |
12 | Darvozabon | Maryam Yektaei | 19-iyun, 1993 | 6 | 0 | Beşiktaş J.K. |
22 | Darvozabon | Arefeh Seyed Kazemi | - | 1 | 0 | Shahrdari Sirjan |
| ||||||
2 | Himoyachi | Fatemeh Amineh Borazjani | 3-iyun, 1997 | 12 | 0 | Shahrdari Sirjan |
4 | Himoyachi | Melika Motevalli | 6-may, 1998 | 15 | 2 | Shahrdari Sirjan |
5 | Himoyachi | Ghazaleh Bani Talebi | 14-yanvar, 2002 | 5 | 0 | Vechan Kurdistan |
8 | Himoyachi | Behnaz Taherkhani (captain) | 22-may, 1995 | 20 | 3 | Bam Khatoon F.C |
18 | Himoyachi | Melika Mohammadi | 28-mart, 2000 | 6 | 0 | Bam Khatoon F.C |
| ||||||
6 | Yarim himoyachi | Zahra Sarbali | 13-avgust, 1993 | 21 | 0 | Bam Khatoon F.C |
10 | Yarim himoyachi | Sara Zohrabi | 13-noyabr, 1996 | 25 | 6 | Sepahan Isfahan |
11 | Yarim himoyachi | Samaneh Chahkandi | 28-mart, 1989 | 21 | 3 | Bam Khatoon F.C |
13 | Yarim himoyachi | Yasaman Farmani | 12-fevral, 1995 | 8 | 0 | Charleroi |
19 | Yarim himoyachi | Fatemeh Adeli | 16-iyul, 1995 | 22 | 0 | Sepahan Isfahan |
| ||||||
9 | Hujumchi | Zahra Ghanbari | 4-mart, 1992 | 17 | 13 | Bam Khatoon F.C |
20 | Hujumchi | Hajar Dabbaghi | 22-mart, 1999 | 8 | 5 | Sepahan Isfahan |
7 | Hujumchi | Afsaneh Chatrenoor | 14-aprel, 1998 | 16 | 0 | Shahrdari Sirjan |
17 | Hujumchi | Negin Zandi | 20-yanvar, 2004 | 4 | 1 | Bam Khatoon F.C |
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Eron ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Lavozim | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
1991-yildan 2007-yil |
Kiritilmadi | ||||||||
2011-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
2015-yil | |||||||||
2019 | |||||||||
2023-yil | |||||||||
2027 | Aniqlanmoqda | ||||||||
Jami | 0/9 | - | - | - | - | - | - | - | - |
Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Eron ayollar terma jamoasining natijasi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
1996-yildan 2008-yil | Kiritilmadi | |||||||
2012-yil | Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
2016-yil | ||||||||
2020 | ||||||||
2024-yil | Aniqlanmoqda | |||||||
2028 | ||||||||
2032 | ||||||||
Jami | 0/7 | - | - | - | - | - | - | - |
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Eron ayollar terma jamoasining natijasi | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
1975-yildan 2008-yil |
Kiritilmadi | |||||||
2010-yil | Saralashdan oʻta olmadi | |||||||
2014-yil | ||||||||
2018 | ||||||||
2022 | Guruh bosqichi | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 12 | −12 |
Jami | 1/19 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 12 | −12 |
FIFA Jahon reytingida Eron ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻrni | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Jahon reytingi | Reyting | Yil | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Durang | Oʻsish | Tushish | ||
Reyting | Koʻchish | Reyting | Koʻchish | |||||||
70 | 2022-yil | 0 | 0 | 2 | 70 | ▬ 0 | 70 | ▬ 0 | ||
2021-yil | 0 | 0 | 0 | 70 | 0 | 70 | ▬ 0 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.