![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/28/Iran_Japan_Locator.png/640px-Iran_Japan_Locator.png&w=640&q=50)
Eron — Yaponiya munosabatlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Eron — Yaponiya munosabatlari (forscha: روابط ایران و ژاپن yaponcha: 日本とイランの関係) — Eron va Yaponiya oʻrtasida 1929-yil avgustda rasman oʻrnatilgan diplomatik munosabatlar. Tarix davomida, Ikkinchi jahon urushi davrini hisobga olmaganda, har ikki davlat nisbatan doʻstona, sheriklik munosabatlarini saqlab kelgan.
BBC Jahon Xizmatining 2012-yilgi soʻroviga koʻra, yaponlarning atigi 4 foizi Eron taʼsiriga ijobiy, 52 foizi esa salbiy fikrda. 2012-yilgi Pew Global Attitudes soʻroviga koʻra, yaponlarning 15 % Eronga ijobiy munosabatda boʻlgan, 76 % esa salbiy; Yaponiyaliklarning 94 foizi Eronning yadro quroliga ega boʻlishiga qarshi, 61 foizi esa Eronga qarshi „qattiq sanksiyalar“ qoʻllanilishini maʼqullaydi. Eʼtiborlisi, atigi 40 % Eron yadro quroliga ega boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun harbiy kuch qoʻllashni qoʻllab-quvvatlasa, yaponlarning 49 % Eron yadroviy qurolga ega boʻlishiga qarshi emas. Bu foiz soʻrovda qatnashgan boshqa mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Rossiya va islom dunyosining istalgan davlatiga qaraganda yuqori.