From Wikipedia, the free encyclopedia
Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi.
Inson erkinligi obyektiv shart-sharoit va vaziyatga bogʻliqdir. U mavhum emas, u doimo aniqdir. Shaxs muayyan sharoit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib aniq maqsadiga erishadi. Ammo, sharoit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xilda ega boʻlmasligi mumkin. Maqsadga erishishda kimgadir shart-sharoit, kimgadir maqsadga erishish vositasi, kimgadir imkoniyat yetishmay qoladi. Muayyan vaziyatda va shart-sharoitda kimdir maqsadga erishish uchun erkinlikka ega boʻlishi yoki kimdir undan mahrum boʻlishi mumkin. Shaxsning erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Islom taʼlimotida insonga erkin boʻlishi uchun aql-idrok berilgan deb aytiladi. Abu Mansur Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aql-idrok unga oʻz xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, toʻgʻri yoki egri yoʻlni tanlash erkinligini berdi, bizning kelajagimiz shu yoʻllardan qay birini tanlay olishimizga bogʻliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar shart-sharoit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravishda maqsadga erishish yoʻlini izlaydi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.