Emu
From Wikipedia, the free encyclopedia
Emu, emular – yuguruvchi qushlar turkumiga mansub oila. Hozirgacha saqlanib qolgan bir turi – emu Avstraliyaning choʻl va dashtlaridagi butazorlarda yashaydi. Tasmaniya orolida oʻtgan asrda qirilib ketgan. Boʻyi 170 sm gacha, ogʻirligi 55 kg gacha. Qoʻngʻir-kulrang tusda. Uyasini nari barg, oʻt, shox-shabbalardan yasaydi. 8—10 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumining kattaligi 13x9 sm. Nari 8 haftaga yaqin tuxum bosadi. 2 yilda voyaga yetadi. Meva, urugʻ va mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni kamayib bormoqda. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.