Ellen Pompeo
From Wikipedia, the free encyclopedia
Massachusets shtatining Everett shahrida tugʻilgan Pompeo Mayamiga, keyin esa Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi. U yerda kasting direktori bilan tanishdi va L’Oreal uchun reklama kampaniyasiga imzo chekdi. U NBC telekanalining „Law & Order“ huquqiy dramasi bilan ekrandagi debyutini qildi, keyin boshqa telekoʻrsatuvlarda, jumladan, „Strangers with candy“ komediyasi, „Strong medicine“ tibbiy dramasi va „Friends“ sitkomida mehmon sifatida ishtirok etdi. U 1999-yilda „Coming soon“ romantik komediyasi bilan oʻzining badiiy filmdagi debyutini qilgan va "In the Weeds" va „Mambo Café“ kabi filmlarda kichik rollarni oʻynagan, ammo dastlabki filmlarda muvaffaqiyatga erishmagan. 2002-yilda u Brad Silberlingning „Moonlight Mile“ dramasidagi bosh roli uchun keng eʼtirofga sazovor boʻlganida, uning karyerasida burilish nuqtasi boʻldi.
Ellen Pompeo | |
---|---|
Tavalludi |
Ellen Kathleen Pompeo 10-noyabr 1969-yil (1969-11-10) (54 yosh) Everett, Massachusetts, A.Q.Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1994-hozirga qadar |
Turmush oʻrtogʻi |
Chris Ivery (turm. 2007) |
Bolalari | 3 |