Elektr energiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Elektr energiyasi — lotincha „electricus“ soʻzidan (qadimgi yunoncha „ἤλεκτρον“) olingan boʻlib, zaryadlangan erkin elektron zarralarining oʻzaro taʼsiri va tartibli harakati natijasida yuzaga keladigan hodisalar majmui hisoblanadi.
Ushbu atamani ilk bor ilmiy adabiyotga ingliz tabiatshunosi Uilyam Xilbert 1600-yilda yozilgan „Magnit, magnit jismlar va yirik magnit — Yer toʻgʻrisida“ asarida kiritgan.
Risolada magnit kompasining ish xususiyatini batafsil tushuntiradi va magnitlangan jismlar ustida oʻtkazgan oʻzining baʼzi tajribalarni tasvirlaydi. Muallif asarida tabiatdagi boshqa moddalar ham elektrlashtirilish, yaʼni maʼlum bir darajada magnit maydoni hosil qilish xususiyatiga ega ekanligini aniqlaydi.
Asosan kundalik hayotda va xalq xoʻjaligida elektr energiyasi isteʼmolini oʻlchash, shuningdek, elektr energiyasi sanoatida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini oʻlchash uchun ishlatiladigan energiya miqdorining tizimdan tashqari birligi. 1 kilovatt-soat bu 1 kilovatt quvvatga ega elektr qurilma tomonidan 1 soatda isteʼmol qilingan (ishlab chiqarilgan) energiya miqdori.
(1 kVt ⋅ soat= 10³ Vt × 3600 s = 3,6 MJ). Elektr xizmatlari isteʼmolchiga yetkazib beriladigan elektr energiyasining umumiy miqdorini saqlaydigan elektr hisoblagich yordamida energiyani oʻlchaydi.
Elektr bilan isitishi. asboblarining asosiy qismlari metall korpus, keramika asos va qizdirish elementi (spiralsimon yoki sterjensimon element). Elektr qarshiligi katta boʻlgan simdan yasalgan qizdirish elementli elektr isitish asboblari kengroq tarqalgan. Bunday asboblar ochiq (qizdirish elementi koʻrinib turadigan) va yopiq (qizdirish elementi korpus ichiga joylashtirilgan) turlarga boʻlinadi. Ochiq asboblar jumlasiga elektr kaminlar, reflektorlar va boshqalar, yopiq asboblar jumlasiga turli tipdagi (mas, moyli) radiatorlar kiradi. Elektr isitgichning eng oddiy va eng keng tarqalgan turi energiyani aylantirish uchun elektr qarshiligidan foydalanadi. Elektr energiyasidan foydalanishning koʻplab murakkab usullari mavjud.