Elastik toʻlqinlar — elastik muhit (gaz, suyuklik va qattiq jismlar)da tarqaladigan mexanik tebranishlar. Toʻlqinlar tarqalayotgan muhitning zarralari toʻlqinlar bilan birga koʻchmaydi, ular faqat oʻz muvozanat holatlari atrofida tebranib turadi. Elastik toʻlqinlarning boʻylama va koʻndalang xillari bor. Boʻylama elastik toʻlqinlarda muhitning zarralari toʻlqinlar tarqalayotgan yoʻnalishi boʻylab, koʻndalang Elastik toʻlqinlarda esa tarqalayotgan yoʻnalishga perpendikulyar yoʻnalishda tebranadi. Mexanik koʻndalang toʻlqinlar faqat siljish qarshiligiga ega muhitda hosil boʻlishi mumkin. Suyuq va gaz holatdagi muhitlarda faqat boʻylama toʻlqinlar, qattiq muhitda ham boʻylama, ham koʻndalang toʻlqinlar vujudga keladi. Istalgan vaqtda tebranishlar yetib kelgan elastik muhit nuqtadarining geometrik oʻrni toʻlqin fronti deb, bir xil fazada tebranuvchi nuqtalarning geometrik oʻrni toʻlqin sirti deb ataladi. Toʻlqin sirtlari istalgan shaklda boʻlishi mumkin. Eng sodda holda ular tekis (yassi) yoki sfera (sferik) shaklida boʻladi. Elastik toʻlqinlar elastik muhit zarralarining tebranish amplitudasi va chastotasi, toʻlqin uzunligi, faza hamda guruh tezliklari va boshqalar koʻrsatkichlar bilan ifodalanadi. Elastik toʻlqinlar chastotasi Gs ulushlaridan 101 gacha. Elastik toʻlqinlardan seysmologiya va gidrolokatsiyada, okeanlarni oʻrganishda, qattiq, suyuq hamda gaz holatdagi moddalarning tuzilishini oʻrganishda, tibbiyot va boshqalar sohalarda keng foydalaniladi.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.