Yetti moʻjiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan:

  1. Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Qadimgi Misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. III—II mingyilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi (balandligi 146,6 metr, asosi 233X233 metr)ning har biri oʻrtacha 2,5 tonnalik 2 300 000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 tonnalik bloklar ham bor) 30 yil mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;
  2. „Semiramida osma bogʻlari“ — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. VI asr);
  3. Rodos orolidagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550-yil);
  4. Zevsning Yunonistonning Olimpiya shahridagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430-yil, haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);
  5. Rodos oroli koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280-yillar, haykaltarosh Haros misdan ishlagan);
  6. Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hozirgi Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377—352-yillar);
  7. Iskandariya (Aleksandriya) shahridagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280-yil, meʼmori Sostrat).
Thumb
Dunyoning yetti moʻjizasi. Chapdan oʻngga, tepadan pastga: Xeops piramidasi, Semiramida osma bog'lari, Efesdagi Artemida ibodatxonasi, Olimpiyadagi Zevs haykali, Galikarnasdagi maqbara, Rodos haykali, Aleksandriya mayog'i
Thumb

Yetti moʻjizadan faqat Misr ehromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qadimgi yozma manbalardangina maʼlum.[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.