Dua Lipa
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dua Lipa (1995-yil 22-avgustda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi va modelidir. Lipa koʻplab yutuqlarga, jumladan olti marta Brit, uch marta Grammy, ikki marta MTV Europe Music Awards, bir marta MTV Video Music Award, ikki marta Billboard Music Awards, bir marta American Music Awardga sazovor boʻlgan, ikki marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.
Dua Lipa | |
---|---|
Lipa 2022-yilning mayida | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
22-avgust 1995-yil (1995-08-22) (28 yosh) |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | |
Leybl |
|
Janr | |
Faoliyat yillari | 2014 – hozirgacha |
Veb-sayt | dualipa.com |
Imzosi | |
Model oʻlaroq faoliyatidan soʻng, u 2014-yilda Warner Bros. Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi hamda 2017-yilda eponimik debyut albomini chiqardi. Albom UK Albums Chartda uchinchi pogʻonaga koʻtarildi. Albomga kiritilgan yetti singldan ikkitasi — „Be the One“ va „IDGAF“ singllari UK Singles Chart hit-paradida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Albomdagi „New Rules“ singli Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga, AQSh hit-paradlarida esa oltinchi pogʻonaga koʻtarildi. Albom umumjahon boʻylab koʻplab mamlakatlarda platina sertifikatini oldi hamda 2018-yilda Lipaga ikkita Brit mukofotini keltirdi.
Uning 2018-yilda Calvin Harris bilan birgalikda ijro etgan „One Kiss“ ashulasi Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi va mamlakatda shu yil eng uzoq vaqt birinchi oʻrinda qolgan singlni ijro etgan ayol artistga aylandi, hatto buning uchun 2019-yilda „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida Britga sazovor boʻldi. 2019-yilda u „Eng yaxshi yangi artist“ va „Eng yaxshi raqs qaydi“ (Silk City bilan birgalikda ijro etilgan „Electricity“ ashulasi uchun) nominatsiyalarida Grammy mukofotiga loyiq koʻrildi. Shu yilning oxirida, Lipa ikkinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq „Don't Start Now“ ashulasini omma eʼtiboriga taqdim etdi. AQSh va Buyuk Biritaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga, AQShning yil oxiridagi hit-paradlarida esa toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarilgan ushbu qoʻshiq 2020-yilda AQShda ayol xonanda ijrosidagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli boʻlgan ashula boʻldi. Uning keyingi singllari boʻlmish „Levitating“, „Physical“ va „Break My Heart“ ashulalari ham hit-paradlarda yuqori oʻntalik safiga kirdi.
Lipaning 2020-yilda chiqarilgan ikkinchi studiyaviy albomi — Future Nostalgia tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albom „Yil albomi“, „Yil yozuvi (zapisi)“ va „Yil qoʻshigʻi“ kabi nominatsiyalarni oʻz ichiga olgan oltita Grammy mukofotlariga nomzod boʻldi va bu albom Lipaning Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk albomi boʻldi. Albom 2021-yilgi Britni topshirish marosimida Britan ayol solo artisti va Yil albomi mukofotlarini qozonishida Lipaga yordam berdi. U koʻplab yutuqlarga, jumladan Time 100 Next roʻyxati (2021) dan oʻrin olishga sazovor boʻlgan.