Ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha From Wikipedia, the free encyclopedia
Doʻstlik — ijtimoiy-axloqiy va psixologik tushuncha. Oʻzaro hurmat, yoqtirish, manfaatlarning umumiyligi, yaqinlik, bir-birini tushunishga asoslangan kishilar oʻrtasidagi munosabat shaklini ifodalaydi. Kishilarning muloqot shakli sifatidagi Do'stlik qonqardoshlik, oʻrtoqlik, birodarlik tushunchalariga yaqin, lekin psixologik nuqtai nazardan esa ulardan oʻzining alohidaligi, tanlash xususiyati, his-tuygʻu bilan farq qiladi. Axloqiy psixologik hodisa va shaxsiy xislat sifatida do'stlik odamning yoshi (bolalik, oʻsmirlikdagi do'stlik), shaxsning shakllanishi bilan (maktabdagi, talabalik yillaridagi, armiyadagi do'stlik ) oʻzgarib boradi. Ijtimoiy-axloqiy muhit, kishilarning turmush tarzi do'stlikning mazmun-mohiyatini belgilaydi. Oʻzaro manfaat (Epikur, utilitarizm namoyandalari), "tabiiy yoqtirish" hissi (A. Smit), baxtga erishishga koʻmaklashish (18-asr fransuz maʼrifatparvarlari) va boshqalar do'stlikning asosi sifatida qaralgan. Haqiqiy, mustahkam do'stlik yuksak, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan maqsad va ideallar mushtarakligini anglash asosida shakllanadi. Do'stlik millat va xalqlar oʻrtasidagi ijobiy aloqalarda ham oʻz ifodasini topadi. Hozirgi davrda koʻp millatli Oʻzbekistonning rivojlanishi uchun xalqlar oʻrtasidagi do'stlik nihoyatda muhim. Xalqlar, millat va elatlar oʻrtasidagi do'stlik Oʻzbekistonda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning muhim shartlaridan biridir.
Vikiiqtibosda Doʻstlikga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.