Dolce & Gabbana
moda brendi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Dolce & Gabbana (Italyancha talaffuzi: ˈdoltʃe e ɡɡabˈbaːna )[2][3] italyan hashamatli modalar uyi[4]. 1985-yilda Legnano shahrida italiyalik dizaynerlar Domenico Dolce va Stefano Gabbana tomonidan asos solingan[5].
Turi | Mas'uliyati cheklangan jamiyat |
---|---|
Tarmogʻi | Moda |
Qachon asos solingan |
1985 (Error: first parameter cannot be parsed as a date or time.) (1985) Legnano, Italiya |
Joylashuvi | location |
Asoschi(lari) | Domenico Dolce va Stefano Gabbana |
Rahbariyat |
|
Mahsulot(lar)i | Kiyim-kechak, poyabzal, sumkalar, quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar, soatlar, zargarlik buyumlari, parfyumeriya va kosmetika |
Aylanma daromadi | €1.5 milliard (2021)[1] |
Ishchilar soni | 3150 (2021)[1] |
Vebsayti | dolcegabbana.com |
Ular 1982-yilda Milan shahrida joylashgan klubida brend yaratish maqsadida Giorgio Correggiari bilan uchrashishgan. 1983-yilda ular "Dolce & Gabbana" nomi ostida dizaynerlar konsalting studiyasini tashkil etishadi. Ular, dastlabki, ayollar uchun moʻljallangan kolleksiyasini 1985-yilda[6] Milanda namoyish etadilar. Bir yildan soʻng ular oʻz shaxsiy brend-doʻkonlarini ochishadi.
1987-yilda Dolce & Gabbana „Il Gattopardo/The Leopard line“ nomli ayollar uchun SS 1988 moda koʻrgazmasini taqdim etadi. 1989-yilda ular ichki kiyim va suzish kostyumlarini loyihalashni boshlaydilar. Dolce & Gabbana oʻz mahsulotlarini Yaponiyaga va boshqa mamlakatlarga, jumladan, Qoʻshma Shtatlarga eksport qila boshlaydi. Ular AQShda, 1990-yilda, oʻz koʻrgazma zalini tashkil etishdi. 1990-yilda ular 1991/1992-yillar uchun erkaklar uchun moʻljallangan kolleksiyasini taqdim etadilar. Shuningdek, Dolce & Gabbana birinchi parfyumeriyalarini sotuvga chiqaradilar. Ular 1991-yilda Woolmark mukofotini[7], Perfume Academy'ning, 1993-yilda, Dolce & Gabbana Parfum hidi uchun "Most Feminine Flavor of the Year" mukofotini qoʻlga kiritadilar. 1990-yillarning oxiriga kelib kompaniyaning daromadi, taxminan, 500 million AQSh dollarini tashkil etgan. 2003-yilda ularning daromadi 633 million dollargacha yetadi. 2005-yilga kelib ularning aylanmasi 600 million yevroni tashkil etadi[8].