![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8a/Dendrobium_kingianum_%2528labelled%2529.jpg/640px-Dendrobium_kingianum_%2528labelled%2529.jpg&w=640&q=50)
Dendrobium
From Wikipedia, the free encyclopedia
Dendrobium — Orxideyadoshlar oilasiga mansub, epifit va litofit orxideyalar turkumi. Bu juda katta turkum boʻlib, janubiy, sharqiy va janubi-sharqiy Osiyoning koʻp qismida, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Filippin, Indoneziya, Avstraliya, Yangi Gvineya, Vetnam va boshqa koʻplab joylarda oʻsadigab 1800 dan ortiq turlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu turdagi orxideya daraxtlar yoki toshlar yuzasida oʻrmalab yuradigan ildizlarga ega, ular kamdan-kam hollarda tuproqda oʻsadi. Bargi novda uchida oltitadan toʻp boʻlib oʻsadi va shoxsiz gullaydigan poya boʻylab bittadan gullar joylashadi. Dendrobiumni kichikroq avlodlarga ajratishga bir necha bor urinilgan, biroq ularning koʻpchiligi Tanlangan oʻsimlik oilalarining Butunjahon nazorat roʻyxati tomonidan qabul qilinmagan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8a/Dendrobium_kingianum_%28labelled%29.jpg/640px-Dendrobium_kingianum_%28labelled%29.jpg)