From Wikipedia, the free encyclopedia
Debocha (fors. — muqaddima, soʻz boshi) — 1) kitob jildlarining zarhal bilan bezatilgan dastlabki alohida sahifalari; 2) muqaddima, kirish soʻz, bosh soʻz. Asosan kulliyot, devon, doston va nasriy asarlarda, shuningdek, tazkira va bayozlarda uchraydi. D. asar muallifi yoki kotib tomonidan yoziladi va unda kitobning mazmuni, muallifning qisqacha tarjimai holi, maqsadi bayon qilinadi. Amir Xusrav Dexlaviy oʻz "Kulliyot"iga va Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" asarining birinchi devoniga mukammal asar darajasida D. yozganlar. Hoz. baʼzi oʻzbek adiblarining asarlari ham D. bilan boshlangan; 3) shohlarning debo (zarhal) matodan tikilgan ustki kiyimi; 4) musiqada — kichik hajmdagi asar. Oʻquv va cholgʻu yoʻllari bor. Ayniqsa Fargʻona surnay D.lari mashhur. D.ning oʻquv yoʻllarini Hoji Abdulaziz qayta ishlagan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.