![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4b/Daruma_doll%252C_cut_out%252C_03.jpg/640px-Daruma_doll%252C_cut_out%252C_03.jpg&w=640&q=50)
Daruma qoʻgʻirchogʻi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Daruma qoʻgʻirchogʻi (yaponcha: 達磨 daruma?) — buddizmning Zen anʼanasi asoschisi Bodxidxarma sharafiga ishlangan, ichi boʻsh, yumaloq yapon anʼanaviy qoʻgʻirchoqlarining bir turi. Bu qoʻgʻirchoqlar, odatda qizil koʻrinishda va soqolli odam (Bodhidxarma) tasviri tushirilangan boʻladi, shuningdek, mintaqa va rassomga qarab rang va dizaynda bir-biridan farqlanishi mumkin. Baʼzilar tomonidan oʻyinchoq hisoblansa-da, Daruma ramziy maʼnoga va boy dizaynga ega, qoʻgʻirchoq koʻproq yaponiyaliklar uchun omad timsoli sifatida qaraladi. Daruma qoʻgʻirchoqlari qatʼiyatlilik ramzi sifatida koʻriladi va omad tilash maʼnosida sovgʻa qilinadi. Qoʻgʻirchoq koʻplab buddist ibodatxonalari tomonidan turli maqsadlar jumladan tijorat maqsadida ishlab chiqarilgan.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4b/Daruma_doll%2C_cut_out%2C_03.jpg/640px-Daruma_doll%2C_cut_out%2C_03.jpg)