Dо (nota)
musiqadagi 1-nota / From Wikipedia, the free encyclopedia
Do (lotincha: do) — asosiy 7 pogʻonali tovushqatorning dastlabki notasi[1]. Diatonik do major tovushqatorining birinchi pogʻonasi. Lotincha C harfi bilan belgilanadi. U si notasidan yarim ton va re notasidan butun ton pastroqdir. Birinchi oktavadagi do notasining chastotasi: 261,6 Gts.