![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d2/CraigLeveinCoachSCO.jpg/640px-CraigLeveinCoachSCO.jpg&w=640&q=50)
Craig Levein
From Wikipedia, the free encyclopedia
Craig William Levein (talaffuzi: Kreyg Uilyam Levane) 1964-yil 22-oktyabrda Shotlandiyada tavallud topgan. Shotlandiyalik futbolchi va murabbiy Craig Levein himoyachi sifatida maydonda toʻp surgan.
Craig Levein ![]() | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Craig William Levein |
Tugʻilgan | 22-oktyabr 1964-yil(57 yosh) Shotlandiya |
Fuqaroligi | ![]() |
Boʻyi | 185 cm |
Pozitsiyasi | himoyachi |
Futbolchi sifatidagi 14 yillik faoliyati davomida Craig Levein Shotlandiyaning „Cowdenbeath“ va „Heart of Midlotian“ klublarida o‘ynagan. Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasi safida 16 ta oʻyinda maydonga tushgan. Shu bilan bir qatorda Craig Levein 1990-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi ham hisoblanadi.
Craig William Leveinning murabbiylik faoliyati 1997-yilda oʻzining birinchi klubi „Cowdenbeath“da boshlangan. Uch yil oʻtgach, Craig William Levein oʻzi futbolchi boʻlgan boshqa jamoa „Heart of Midlothian“ uchun murabbiy boʻlishqa qaror qilgan. Keyinchalik mutaxassis Craig Levein Angliyaning „Leicester City“, Shotlandiyaning „Raith Rovers“, „Dundee United“ kabi klublarini boshqargan.
2009-yilning dekabridan 2012-yilning noyabrigacha Craig William Levein Shotlandiya terma jamoasini boshqargan.