From Wikipedia, the free encyclopedia
Konsepson — Chilining markaziy qismidagi shahar. Bio-Bio viloyatining maʼmuriy markazi. Temir yoʻl tuguni. Tinch okean sohilidagi port. Aholisi 362,6 ming kishi (1997). Mamlakatning muhim transport-iqtisodiy markazi. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, toʻqimachilik (ip gazlama, jun gazlama), oziq-ovqat (jumladan, un tortish, shakarqand, konserva) sanoatlari rivojlangan. Konsepson yaqinidan toshkoʻmir olinadi, metallurgiya zavodi qurilgan. Universitet bor. Shaharga 1550-yilda asos so-lingan. 1960-yilgi zilzilada vayron boʻlgan, keyinchalik qayta tiklangan.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.