Claude Makélélé
From Wikipedia, the free encyclopedia
Claude Makélélé Sinda (18-fevral 1973) — futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi boʻlib, tayanch yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan. Eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan Makélélé ingliz futbolida oʻz pozitsiyasining oʻrinini qayta belgilagan, ayniqsa, 2004-2005-yilgi mavsum Premyer Ligada u 95 ochko bilan Chelsea titulni qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynagan[3].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Claude Makélélé Sinda[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-fevral 1973-yil (1973-02-18) (51 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Kinshasa(hozirgi Kongo DR), Zaire | ||
Boʻyi | 1.74 m (5 ft 9 in) | ||
Ampluasi | Tayanch yarim himoyachisi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1991–1997 | Nantes | 169 | (9) |
1997–1998 | Marseille | 32 | (2) |
1998–2000 | Celta Vigo | 70 | (3) |
2000–2003 | Real Madrid | 94 | (1) |
2003–2008 | Chelsea | 144 | (2) |
2008–2011 | Paris Saint-Germain | 98 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1993–1994 | Fransiya U-21 | 7 | |
1995-2008 | Fransiya | 71 | |
Boshqargan klublari | |||
2014 | Bastia | ||
2017-2019 | Eupen | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Parij Sent-Germainda faoliyatini tugatgan futbolchi kareyrasi davomida Nantes, Marseille, Celta Vigo, Real Madrid va Chelsea jamoalari tarkibida ham toʻp surgan. Makélélé faoliyati davomida Fransiya, Ispaniya va Angliya ligalarida goʻlib boʻlgan, shuningdek, Real Madrid bilan 2001-02-yilgi UEFA chempionlar ligasida ham gʻolib boʻlgan[4]. Bundan tashqari, Makélélé bir marta Chelsea tarkibidaligida FIFPRO Erkaklar yil jamoasiga ham kiritilgan[5].
Zair shahrida tugʻilgan Makélélé 13 yil davomida Fransiya milliy terma jamoasida toʻp surgan. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatining finalgacha yetib borgan Fransiya milliy terma jamoasining tarkibida boʻlgan. U shuningdek, oʻz terma jamoasi bilan 2002-yilgi FIFA jahon chempionatida, ikki marotaba UEFA Yevropa chempionati va 1996-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.
Faoliyatini yakunlagan Makélélé murabbiy va texnik xodim lavozimlariga faoliyat yuritadi. U Bastia va Eupen jamoalari menejeri; Paris Sent-Germain va Swanseada yordamchi menejer; Chelseada yoshlar jamoasi murabbiyi va texnik mentor va Monakoda texnik direktor lavozimlarida ishlagan[6].