Kuloyim
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kuloyim ― (inglizcha: Cinderella, fransuzcha: Cendrillon, nemischa: , ruscha: Золушка) Gʻarbiy Yevropa ertagi boʻlib, Charles Perrault, aka-uka Grimmlar va Giambattista Basile nashrlari bilan mashhur[1].
Kuloyim | |
---|---|
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | Ertak |
Muallif | Charles Perrault |
Kuloyim |
Ertakning eng qadimgi talqini Misr papiruslaridan topilgan. Ertakning bosh qahramoni — Gretsiyada tugʻilgan Rhodophis ismli qiz. Uni qaroqchilar oʻgʻirlab ketishadi va Misrga olib kelishib, qul sifatida sotishadi. Egasi Rodophisga tilla bilan qoplangan nafis charm sandal sotib oladi. Rhodophis daryoda choʻmilayotganda, bir lochin (bu lochin Horus xudosi edi) uning sandalini oʻgʻirlab, Firʼavnga olib boradi. Sandal shunchalik kichkina va nafis ediki, Firʼavn darhol uning egasini topish maqsadida qidiruv eʼlon qiladi. U Rhodophis (Kuloyim) ni topgach, darhol unga uylanadi.