![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/74/Pervomaysky_District%252C_Tomsk_Oblast%252C_Russia_-_panoramio_%252864%2529.jpg/640px-Pervomaysky_District%252C_Tomsk_Oblast%252C_Russia_-_panoramio_%252864%2529.jpg&w=640&q=50)
Chulim
From Wikipedia, the free encyclopedia
Chulim — Sibir (RF Krasnoyarsk oʻlkasi va Tomsk viloyati) dagi daryo. Ob daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 1799 km, havzasining maydoni 134 ming km². Kuznetsk Olatovidan boshlanuvchi Beliy va Chyorniy Iyus daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 785 m³/sek. Okt.— noyabrda muzlab, aprel— mayda muzdan boʻshaydi. Yirik irmoqlari oʻngdan: Kemchug , Chichkayul; chapdan — Kiya, Serej, Uryup, Yaya. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish joyidan 1173 km masofada kema qatnaydi. Ch. boʻyida Nazarovo, Achinsk, Asino shaharlari joylashgan.
Qisqa faktlar Tavsif, Joylashuvi ...
Chulim | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | 1 799 |
Maydoni | 134 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | Rossiya |
Chulim |
Yopish
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |