Choy madaniyati
From Wikipedia, the free encyclopedia
Choy madaniyati choyni tayyorlash va iste'mol qilish usuli, odamlarni choy bilan bolgan o'zaro munosabati va choy ichish estetikasi bilan belgilanadi.
Ba'zi mamlakatlarda choy juda muhim ahamiyatga ega. U odatda ijtimoiy tadbirlarda iste'mol qilinadi.
Ko'plab xalqlar madaniyatida ushbu tadbirlar uchun qiziqarli rasmiy marosimlarni o'tkazish urfga kirgan. Sharqiy Osiyo choy marosimlari Xitoy choy madaniyatidan kelib chiqqan holda, Sharqiy Osiyo mamlakatlarida,masalan, yapon yoki koreys millatlari orasida esa bu madaniyat biroz farq qiladi. Bu millatlarning choy tayyorlash usullari xitoy madaniyatidan o'zlashtirgan holda tayyorlanadi. Masalan, ichimlik tuzi va sariyog ' bilan birgalikda tayyorlanadigan Tibetda bu yaqqol namoyon boladi .Choyni kichik shaxsiy yig'ilishlarda ( choy partiyalari ) yoki jamoat joylarida (ijtimoiy muloqot uchun mo'ljallangan choyxonalarda ) ichish mumkin.
Peshindan keyin choy ichish -Biritaniyada keng tarqalgan inglizlarning eng yaxshi odatlaridan biri. Britaniya imperiyasi choyning o'ziga xos talqinini o'zining hukmron davlatlari va mustamlakalari orasida , shu jumladan Gonkong, Hindiston va Pokistonning zamonaviy hududlariga, ilgari choy odatlari mavjud bo'lgan hududlarga va shuningdek, Sharqiy Afrika (hozirgi Keniya) kabi mintaqalarga tarqatdi. O'sha davrda choy ichish odat tusiga kirmagan hududlarga( Tanzaniya va Uganda) va Tinch okeanidagi ( Avstraliya va Yangi Zelandiya ) xalqlariga ham buni odat tusiga aylantirdi . Choyxona yoki choy ichiladigan maxsus joylar , Irlandiya, AQSH va Millatlar Hamdoʻstlik Davlatlarining koʻplab shaharlarida ochilib,aholi gavjum bolgan dam olish maskanlariga aylandi.
Turli mintaqalar aholisi choyning turli navlarini - oq, sariq, yashil, oolong, qora yoki fermentatsiyalangan (quyuq) turlarini sevib iste'mol qilishadi va giyohli o'tlar, sut yoki shakar kabi turli xil lazzatbaxsh maxsulotlarni qo'shib iste'mol qilishni afzal ko'rishadi.Keyinchalik turli joylarda choyning harorati va kuchi ham juda katta farq qiladigan bo'ldi.