![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0b/Deftones-chino.jpg/640px-Deftones-chino.jpg&w=640&q=50)
Chino Moreno
From Wikipedia, the free encyclopedia
Chino Moreno (haqiqiy ismi Camilo Wong Moreno 1973-yil 20-iyunda tugʻilgan) — amerikalik musiqachi. U Deftones va Team Sleep guruhlarining asosiy vokalchisi va orqa gitarachisi. Moreno Kaliforniya shtatining Sakramento shahrida tavallud topdi. Uning otasi meksikalik, onasining qonida esa meksika, irlandiya, xitoyliklarning qoni aralashgan edi. Uning taxallusi „Chino“ ispan tilida „xitoycha“ degan maʼnoni anglatadi. U besh farzand ichida uchinchisi. U turmush qurgan, turmush oʻrtogʻining ismi Celeste. Ular ikki farzandga egalar: Kristian va Jakobi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0b/Deftones-chino.jpg/320px-Deftones-chino.jpg)
Ikki xil maʼnoli, ogʻir sheʼriy matnlari haqida Morenodan sitatalar: „Ayrim vaqtlarda mening matnlarim aniq bir mavzuga ega boʻlmaydi. Men shunchaki oʻsha paytdagi hislarimni qogʻozga tushiraman, matnlarimning tarkibini tushuntirish qiyin. Men yozayotgan narsalar biz qilayotgan musiqaga javobdir. Deftones’ning musiqasi pop emas, uning baxtli hissiyotlarga aloqasi yoʻq. Paradoks, ammo mening albomdan eng yaxshi koʻrgan qoʻshiqlarim muhabbat haqida, boshqa qarash burchagi ostidagi muhabbat haqida“. Shularga qaramay, Chino irqchilik, prostitutsiya, urban vahshiylik va narkotiklar kabi ijtimoiy muammolar haqidagi qoʻshiqlari bilan mashhur.