From Wikipedia, the free encyclopedia
Chek, pol — tekislangan tuproq va marzalar bilan oʻralgan dala uchastkasi; sholi ekishda, bostirib sugʻorishda yoki tuproq shoʻrini yuvishda qoʻllanadi. Ch.ning kattakichikligi yer nishabi va joy relyefiga bogʻliq. Yer nishabi 0,0005 dan kichik boʻlsa, Ch. eni 10–25 m (nishabi katta tomon boʻyicha), uz. 50–70 m (nishabi kichik tomon boʻyicha), imkoni boricha eni toʻgʻri burchakli qilib olinadi, yaʼni Ch. maydoni 0,07—0,20 ga boʻladi. Nishabi bundan katta boʻlgan yerlarda Ch. eni kamaytiriladi. Nishabi past uchastkalarda va mexanik tarkibi ogʻir qumoqli va gilli tuproqlarda Ch. maydoni 2 ga gacha boʻlishi mumkin. Kapital shoʻr yuvishda Ch. maydoni va kattakichikligi (oʻlchamlari), odatda, muvaqqat zovurlarning joylashish holatiga qarab belgilanadi. Bostirib shoʻr yuvilganda Ch.da suv qatlami 20—30 sm boʻlishi kerak; marza bal. (suv sathi yuqorisida zapas boʻlishini nazarga olib) 45—60 sm boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.