From Wikipedia, the free encyclopedia
Chala choʻl zonalari - chala choʻl landshafti ustun boʻlgan quruqlikdagi tabiat zonalari. Shimoliy va Janubiy yarim sharlarning moʻtadil, subtropik va tropik mintaqalarida choʻllar bilan dasht va savannalar orasida joylashgan. Iqlimi quruq. Chala choʻl zonalarining katta qismida havo temperaturasi qishda 0—10°, yozda 25—25° boʻladi. Yogʻingarchilikka (300 mm dan oshmaydi) nisbatan mumkin boʻlgan bugʻlanish 3—6 barobar koʻp; daryo juda kam, odatda mavsumiy. Tuproqlari och kashtan, qoʻngʻir, boʻztuproq, chirindisi kam (2—4%), shoʻrlangan yer koʻp. Oʻsimliklari shuvoq, shoʻralar, chim hosil qiladigan boshoqlilar, namgarchilik tanqisligiga moslashgan past boʻyli chala butalardan iborat. Hayvonlardan choʻl, dasht va togʻ oldi faunasi, yaʼni kemiruvchilar (yumronqoziq, qoʻshoyoq, olaxurjun), sudralib yuruvchilar (toshbaqa, ilonlar) va boshqalarlar yashaydi. Chala choʻl zonalarining katta qismidan yaylov chorvachiligida foydalaniladi, koʻp kismi oʻzlashtirilib, gʻalla ekiladigan yerlarga aylantirilgan. Subtropik mintaqalarning Chala choʻl zonalari Eron togʻligi, Gʻarbiy Osiyo, Shimoliy Afrika, Qoyali togʻlarning yon bagʻirlari, tropik mintaqalarda Sahroi Kabirning janubida, Tar tekisligida, Atakama choʻlining shimoliy qismi, shuningdek, tropik mintaqa togʻlarining quyi qismlarida, moʻtadil mintaqada Yevrosiyo materigining ichki qismida — gʻarbda Kaspiy boʻyi pastgekisligidan sharqda Ordos platosining sharqiy chekkasigacha boʻlgan hududlarda joylashgan. Oʻzbekistonda togʻ oldi qirlari va adirlar balandlik Chala choʻl zonalari mintaqasiga kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.